«Soğlom turmuş tarzi» platformasi 1 iyundan boşlab töliq işga tuşadi va belgilangan miqdorda pul mablağlari ajratiladi. Bu haqda turizm -huquqiy axborot portali ma'lum qildi.
Platforma 10 maydan uzbektourism.uz saytida test-rejimida işga tuşgan, biroq test rejimida foydalanganlik uçun mablağ ajratilmaydi.
Platforma faoliyatini taşkil qiliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi «Soğlom turmuş tarzi» platformasi faoliyatini taşkil etiş çora tadbirlar töğrisida» gi qarorida nazarda tutilgan edi.
Turizm-huquqiy axborot portalida boşqa muhim savollarga ham oydinlik kiritilgan.
Mobil ilovani qanday yuklab olsa böladi?
Mobil ilovadan foydalaniş uçun fuqarolar Google Play Market yoki Appstore internet dökonlaridan mobil ilovani yuklab olişi hamda “Android” operatsion tizimida Google Fit, iOS operatsion tizimida HealthKit ilovalarini mobil qurilmalariga örnatişi lozim.
10 ming qadam yurgan fuqarolar uçun pul tölovlari qanday amalga oşiriladi?
Mobil ilova avtomatik tarzda qadamlarni hisoblaydi. Nizomga muvofiq, Özbekiston hududida bir sutka davomida ön ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoşdagi Özbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming sömdan ötkaziladi.
10 ming qadamdan oşiq yursa ham kuniga 3000 söm tölab beriladimi?
Kun davomida 10 ming qadamdan oşiq yursa ham 3000 sömdan pul tölovlari ötkazib beriladi, ammo oy davomida köp yurgan qadamlar hisoblanib, hududlar kesimi böyiça eng köp yurgan şaxslarga har oyda:
- tuman (şahar)da – 300 ming söm;
- viloyatlar va Toşkent şahrida – 500 ming söm;
- respublika böyiça – 1 mln söm qöşimça ravişda platformadagi elektron hamyonga ötkaziladi.
Avvalroq, soğlom turmuş tarzi bilan şuğullanuvçi şaxslarga beriladigan uşbu tölovlar alkogol va tamaki mahsulotlari işlab çiqaruvçilariga tatbiq etilgan yiğimdan olinişi ma'lum qilingandi














