Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasida bölib, mutaxassislarga murojaat qildi, şuningdek, marhumning yaqinlari bilan ham boğlandi. 

Ma'lum bölişiça, marhum Mirza Azizov Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga şu yilning 23 mart kuni murojaat qilgan. Bemorda koronavirusga PZR test tahlili musbat, öpka töqimasi 60-65 foizgaça zararlangani va organizmning kislorodga töyinganligi – saturatsiya darajasi 78-80 foiz bölgani uçun bemorning umumiy ahvoli oğir deb baholanib, şifoxonaning B-blokidagi 2-reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. 

Bemorning kasallik tarixi örganilganda, şifoxonaga kelişidan oldin 17 mart kuni ham PZR test tahlili topşirgani va tahlil natijasi musbat çiqqani ma'lum bölgan. 18 mart sanasida esa bemorda tana haroratining 38 darajagaça kötarilişi, nafas olişi qiyinlaşişi, umumiy holsizlik kuzatilgan. 

Şifoxonaga borgunga qadar uy şaroitida 4 kun davomida davolangan. 22 mart kuni turmuş örtoği va farzandlarida ham tana harorati kötarilişi kuzatilgani sababli bemor bilan birgalikda 23 mart kunida Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga murojaat qilgan.

Şuhrat Rizayevning maqolasida marhum reanimatsiya bölimiga olinganda özini alohida xonaga ötkazişda yordam sörab murojaat qilgani aytiladi. Şifoxona direktori Doniyor Mirazimov bemorlar nima uçun reanimatsion zalga joylaştirilişi kerakligi haqida atrofliça tuşuntiriş bergan.

«Reanimatsiya bölimi jahon standartlariga mos ravişda jihozlangan. Şifoxonamizning reanimatsiya bölimi 36 nafar bemorga möljallangan bölib, 6ta reanimatsion zaldan iborat. Butun dunyo şifoxonalarining reanimatsiya bölimlarida bölgani kabi bir zalda 6 nafar öta oğir bemorga reanimatsion va intensiv yordam körsatiladi.

Har bir zalda 1ta reanimatsion post taşkil qilingan bölib, 1 nafar reanimatolog şifokor, 2 nafar reanimatsiya hamşirasi, 1 nafar kiçik tibbiy xodim sutkasiga 3 smenada doimiy ravişda bemorlarni nazorat qilib turadi. 

Faqat bizning şifoxonada emas, balki dunyodagi eng yetakçi klinikalar, masalan, Isroildagi Içilov markazi va Assuta markazi, AQŞdagi Jons Hopkins universiteti şifoxonasi va Sedars-Sinay tibbiyot majmuasi, Germaniyadagi Myunxen universiteti klinikasi va Şarite tibbiyot majmuasi, Janubiy Koreyadagi Gaçon tibbiyot universitetining Gil şifoxonasi va Buyuk Britaniyadagi Greyt-Ormond-strit şifoxonalarining reanimatsion bölimlarida ham xuddi şunday tartib joriy qilingan.