Tölqin Töymurodoviç Atamurodov — Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tölqin Atamurodov

Tölqin Atamurodov 1982 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan. 2002 yilda Toşkent moliya instituti, 2005 yilda esa Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini hamda 2015 yilda «Sun Yat-Sen» universitetini (Xitoy) tamomlagan.

Tölqin Atamurodov mazkur lavozimga qadar «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki boşqaruv raisining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

  • 2020 yil fevralidan buyon Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlagan Odil Hasanov 2021 yil aprel oyi boşida tadbirkorlik masalalariga bağişlangan videoselektor çoğida işdan olingan, prezident şu kuni işdan olingan rahbarlar davlat işiga qaytarilmasligini ma'lum qilgandi.

Nodir Erkayev — viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği etib tayinlangan.

Nodir Erkayev

Nodir Erkayev 1971 yilda Çiroqçi tumanida tuğilgan. 2017-2018 yillarda Qaşqadaryo viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Mazkur tayinlovgaça u Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelayotgan edi.

U bu lavozimda 2019 yil oktyabridan buyon işlagan va 2021 yil aprel oyi boşida tadbirkorlik masalalariga bağişlangan videoselektor çoğida işdan olingan Ötkir Bötayev örnida iş boşladi.