Sönggi oylarda jahon bozorida oziq-ovqat narxlari tobora kötarilib bormoqda. Bu esa import mahsulotlariga yuqori darajada boğliq bölgan mamlakatlarda içki narxlar barqarorligiga sezilarli ta'sir körsatişi mumkin.
Markaziy bank e'lon qilgan «2021 yilning I çoragi uçun pul-kredit siyosati şarhi»da Özbekiston ham göşt, yoğ, don, kartoşka va şakar mahsulotlarini import qiladigan davlatlar sirasiga kirişi va jahon bozorida uşbu tovarlar narxlarining özgarişiga yuqori sezuvçan hisoblanişi keltiriladi.
Yoğ mahsulotlari ösişi
Jahon bozorida yoğ mahsulotlari narxi joriy yilning I çoragida yil boşiga nisbatan 21,4 foizga qimmatlaşdi.
AQŞning Qişloq xöjaligi departamenti (USDA) prognozlariga köra, 2021 yilda kungaboqar uruğini yetiştiriş 9,3 foizga, zaxiralari esa 38,6 foizga, mos ravişda, kungaboqar yoğini işlab çiqariş 43,1 foizga va zaxiralari 9,9 foizga kamroq bölişi kutilmoqda.
Ösimlik yoğlaridan palma va rapsa yoğlarining sezilarli qimmatlaşi ötgan mavsumda hosilning kam bölgani, şuningdek, asosiy eksportyor davlatlarda zaxiralar kamayib borayotgani (palma yoğining 10 foizga va rapsa yoğining 26 foizga kamayişi) bilan izohlanadi.
Şuningdek, biodizel sektori tomonidan soyaga faol talab mavjudligi şaroitida jahon bozorida soya narxiga qöşimça oşiruvçi bosimni vujudga keltirmoqda.
Kungaboqar yoğining qimmatlaşib borişiga 2021 yil uçun işlab çiqariş hajmlarining pasayişi böyiça prognozlar (ötgan yilga nisbatan 10,6 foiz), şuningdek, Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Ukraina va Rossiya tomonidan eksportning kamayib borişi asosiy sabablardan hisoblanadi.
Göşt mahsulotlari
Jahon bozorida göşt mahsulotlari narxlari mart oyida ötgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga pasaydi. Biroq sönggi 6 oy davomida uşbu mahsulot narxlarida ösiş kuzatilmoqda.
2021 yilning I çoragida göşt mahsulotlari ösişi 4,3 foizni taşkil etdi. Joriy yilning I çorak yakunlari böyiça mol göşti narxlari asosiy savdo hamkorlarimiz Rossiyada 2,9 foizga, Qozoğistonda 1,2 foizga, Qirğizistonda 5,1 foizga ösdi.
AQŞning Qişloq xöjaligi departamenti (USDA) ma'lumotlariga köra, dunyoda jami göşt işlab çiqariş 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 2 foizga kamaydi va 257,9 mln tonnani taşkil etdi.










