Investitsiyalar va taşqi savdo vaziriga yangi örinbosar tayinlandi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5096-son qaroriga muvofiq Otabek Çoriyev investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari lavozimida iş boşladi.
U bunga qadar Bojxona qömitasining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan bölib, bojxona xizmati polkovnigi unvoniga ega.
Otabek Çoriyev 2005 yilda «Şuhrat» medali, 2020 yilda «Mardlik» ordenlari bilan taqdirlangan.
Ma'lumot uçun, Özbekiston prezidentining 9 apreldagi qarori bilan Baxtiyor Rahimov Özbekiston investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari etib tayinlangandi.
Tayinlovdan oldin B.Rahimov Özbekiston prezidenti administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qömitasida turli lavozimlarda işlab kelgan.

















