Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki örinbosari — Olimxon Rustamov va Sarvar Hamidov lavozimidan ozod etildi.

ÖzA xabariga köra, Rustamov boşqa işga ötayotgani munosabati bilan lavozimini tark etgan. Hamidovning iste’fosiga esa sabab körsatilmagan.

Olimxon Rustamov

Rustamov 2019 yil sentabridan iqtisodiyot vaziri örinbosari bölib işlagan, 2021 yildan Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Işdan olingan yana bir örinbosar Sarvar Hamidov esa 2023 yil fevralida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Sarvar Hamidov

Ma’lumot uçun, ayni vaqtda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning tört nafar örinbosari qolmoqda: Nozim Xolmurodov (birinçi örinbosar), Xurram Teşaboyev, Oybek Hamroyev va Bahriddin Obidov.