Kiritilayotgan özgartirişlarga köra, Özbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan emissiya qilingan tokenlarni röyxatdan ötkaziş, çiqariş yoki aylantirişga ruxsat beriladi.

Qaror loyihasi ma'qullansa, Özbekiston fuqarolari kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barça turlarini milliy va çet el valutasida amalga oşirişi mumkin böladi. Bunda sotib oliş obekti sifatida kripto-aktivlarni tanlaş va bu tanlovning tegişli oqibatlari sotib oluvçining öz tavakkalçiligi asosida bölişi közda tutilmoqda.

Qaror loyihasi muhokamasi joriy yil 14 mayda yakunlanadi.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda barça kripto-aktivlarning faoliyati litsenziya asosida böladi va 2020 yilning boşida oçilgan kripto-birjada amalga oşiriladi. Birja iştirokçilari faqatgina oldin qölga kiritilgan kripto-aktivlarni çel el foydalanuvçilariga sotişi mumkin. Kriptovalutaga ega bölmoqçi bölgan fuqarolar uni faqat mayning qilişi mumkin.

Umuman, kriptovaluta savdosi bilan şuğullaniş uçun Özbekistonda tölaqonli huquqiy asoslar mavjud emas edi.

 Şu paytgaça kriptovaluta savdosi bilan noqonuniy şuğullangan fuqarolarga Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz şuğullaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Muhokamaga qöyilgan qonun loyihasi kuçga kirgaç, kriptovaluta bozori özbekistonliklarga oçilişi kutilmoqda.