Tuman hokimligi ma'lumotiga köra, 2021 yil 22 apreldagi 746q-sonli qarorga asosan «Aziza Çarosxon» fermer xöjaligiga, 747q-sonli qaror bilan «Javohir Mohinur Çaros» fermer xöjaligiga, 748q-sonli qaror bilan «Sadoqat Sarvara» fermer xöjaligiga va 749q-sonli qaror bilan «Şerzod Aminboy Alişer Azizbek» fermer xöjaligiga yerlar qaytarib berildi.
Avvalroq, 4ta fermer xöjaligi yerlari soxta hujjatlar asosida hokimlik tomonidan zaxiraga qaytarilgani, bunda jinoyat sodir qilingani huquq-tartibot idoralari tomonidan tasdiqlangani, sud hokimlik qarorlarini bekor qilgan bölsa-da, fermerlarning yerlari qaytarib berilmayotgani haqida tanqidiy maqola e'lon qilgan edik.












