Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boşqarmalari tomonidan 2021 yil 1-çorakda budjet intizomiga rioya etilişi va budjet mablağlarining maqsadli foydalanişi yuzasidan 1 905 ta (2020 yil 1-çorakda 1 349 ta) nazorat tadbirida 211,2 mlrd söm miqdorida budjet intizomi, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi.
Moliya vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, aniqlangan kamomad va asossiz xarajatlar miqdori 2020 yil 1-çoragi bilan taqqoslaganda 5,7 baravarga ortgan.

Xususan, Xalq ta'limi vazirligi tizimida 248 ta nazorat tadbirining 198 tasida 43,3 mlrd sömlik qonunbuziliş holatlari aniqlanib, 2020 yil 1-çorakka (9,4 mlrd söm) nisbatan qonunbuziliş holatlari 4,6 martaga oşgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida ham 23,3 mlrd söm miqdorida qonunbuziliş holatlari aniqlanib, bu miqdor ötgan yilga nisbatan 2,9 martaga oşgan.
Maktabgaça ta'lim vazirligida 41,2 mlrd sömlik qonunbuzilişlar aniqlangan bölsa, bu ötgan yilga nisbatan 7,6 martaga oşganini körsatadi.
Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tizimida ötkazilgan 116 ta nazorat tadbirlarining 111 tasida 22,4 mlrd söm, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasida 16,1 mlrd söm miqdorida qonunbuziliş holatlari aniqlangan.
Şuningdek, Qişloq xöjaligi (3,3 mlrd söm), Jismoniy tarbiya va sport (3 mlrd söm), Bandlik va mehnat munosabatlari (2,7 mlrd söm), Suv xöjaligi (2,5 mlrd söm), Oliy va örta maxsus ta'lim (2,2 mlrd söm) vazirliklari, Örmon xöjaligi davlat qömitasi (2,7 mlrd söm) va ular tizimidagi budjet taşkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuziliş holatlari aniqlangan.
Mahalliy budjetlar mablağlarining maqsadli sarflanişi yuzasidan ötkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd söm miqdorida qonunbuzilişlar aniqlangan.












