Teatrlar, kinoteatrlar va konsert zallaridagi örinlarning yarmi böş qoldiriladi. Barça tomoşabinlar niqobda bölişi va ijtimoiy masofaga rioya qilişi, binolarga kirişda ularning harorati tekşirilişi kerak böladi.

Boş vazir öşanda aprel oyidagi konsert dasturlari uçun çiptalar sotib bölingani tufayli bu çeklovlar 1 maydan kuçga kirişini qöşimça qilgandi.

Öşa kungi yiğilişda 18 apreldan amal qiladigan çeklov çoralari haqida ma'lum qilingandi. Xususan, boğçalar, maktablar, kollejlar, litseylar va oliy ta'lim muassasalarida koronavirus aniqlanganida ikki haftalik karantin joriy etilişi, taşkilotlar binolariga kirişda nazorat kuçaytirilişi, jamoat transportida örindiqlarning 50 foizi böş qoldirilişi, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari siğimining 50 foizdan ortiq bölmagan holatda faoliyat yuritişi lozimligi belgilangandi.

Sönggi haftalarda eng köp kasallaniş holatlari aniqlanayotgan Toşkent şahri, Toşkent viloyati va Samarqand şahrida yuzlab boğçalar va maktablar faoliyati töxtatildi. Şuningdek, butun respublika böylab köplab oliy ta'lim muassasalari yopilgan.

Şu bilan birga, maxsus komissiya tomonidan e'lon qilingan çeklov çoralarining barçasiga ham qat'iy amal qilinmayapti, tegişli organlar tomonidan ham yetarliça nazorat bölmayapti. Xususan, köçalarda tibbiy niqob taqiş rejimiga rioya etilmayapti, jamoat transporti odamlar bilan töla harakatlanişda davom etmoqda, kafelar va restoranlar ham avvalgidek gavjum, ularning faoliyatida ham deyarli özgarişlar yöq.

Lekin mamlakatda epidemiologik vaziyat kundan kunga yomonlaşib bormoqda. Özbekistonda ötgan yil avgust oyidan beri ilk marta kunlik kasallaniş körsatkiçi 400dan oşdi. Ayni paytda şifoxonalarda davolanayotganlar soni 3100ga yaqin, Özbekistonda aktiv keyslar soni ötgan yil sentyabridan buyon bu qadar köp bölmagandi.

Bu vaqtda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Hindiston duç kelgan vaziyat har qanday davlatda kuzatilişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. U yerda kuniga yuz minglab odamda virus aniqlanmoqda va kuniga minglab odamlar şu virusdan vafot etmoqda. Şifoxonalarda va jonlantiriş bölimlarida böş joy qolmagan. Krematoriylarda ham joy yöqligidan jasadlarni şoşa-pişa köçalarda yoqişga majbur bölişmoqda.

Özbekistonda ham karantin çoralariga amal qilinmasa, yana ötgan yil yozidagi holat takrorlanişi mumkin. Şunday ekan, jamoat joylarida niqob taqiş, ijtimoiy masofa saqlaş hamda antiseptik vositalardan foydalaniş talab etiladi.