Özbekiston Milliy antidoping agentligiga Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA)ning bergan rasmiy xabarnomasiga köra, özbekistonlik boksçi Bektemir Meliqöziyev tört yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
ÖzMADA matbuot xizmati xabariga köra, sportçi 2020 yil 16 fevraldan boşlab 2024 yil 15 fevralga qadar barça sport musobaqalarida (milliy va xalqaro çempionatlar, turli öyinlar v.x.k) iştirok etiş huquqidan mahrum etildi.
2020 yil 16 fevraldan boşlab musobaqalarda olgan barça medallari va reyting oçkolari bekor qilindi. Şu bilan birga, Butunjahon antidoping kodeksiga köra, B.Meliqöziyevning professional boksda çiqişlarini davom etişi yoki etmasligi tegişli Xalqaro professional boks taşkilotining qaroriga boğliq böladi. Agar ruxsat beradigan bölsa, diskvalifikatsiyasi tugagunga qadar faqatgina professional boksda jang ötkazişi mumkin.
Eslatib ötamiz, dastlab Bektemir Meliqöziyevdan olingan doping-sinamasida “furosemid” taqiqlangan moddasi aniqlangan bölib, u 2018 yil 28 fevraldan boşlab 2020 yil 27 fevralgaça 2 yillik diskvalifikatsiya bilan jazolangandi. Sportçi tomonidan keyingi antidoping qoidalari buzilişi dastlabki belgilangan jazo muddati içida, ya'ni 2019 yil 30 sentyabrda sodir etilib, unda ADAMS tizimida boksçining özi kiritgan manzili böyiça yetib kelişgan doping-nazoratçilari körsatilgan manzilda boksçi bölmaganligi uçun undan rejali doping-sinamani olişolmagan. Xuddi şu vaziyat yana ikki marotaba – 2019 yil 21 oktabr va 2020 yil 16 fevral kunlari takrorlangan.
Butunjahon antidoping kodeksining 2.4-moddasiga asosan, bu turdagi antidoping qoidabuzarlik uçun 2 yillik diskvalifikatsiya jazo çorasi qöllanilgan. Lekin keyingi antidoping qoidabuzarlik avvalgi antidoping qoidabuzarlik uçun belgilangan muddat içida sodir etilgan bölsa, bunda keyingi antidoping qoidabuzarlik muddati ikki baravar köpaytiriladi. Şu sababli, Meliqöziyevga jami 4 yillik diskvalifikatsiya belgilandi.












