Ötgan hafta davomida, ya'ni 26 aprel–2 may kunlari "Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi"ning barça savdo platformalarida 1,81 trln sömlik tovarlar sotilgan bölib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,7 foizga köpdir.
Ötgan haftada birja savdolariga 8 047,0 tonna paxta yoği qöyilgan bölsa, şundan 6 902,0 tonna, ya'ni 85,8 foiz hajmdagi paxta yoği sotilgan. Elektron savdolarda iştirok etgan xaridorlarning örtaça kunlik soni 130 kişini taşkil qildi.
Körib çiqilayotgan davrda barça navli paxta yoğining kunlik örtaça narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 15 mln sömdan 17,2 mln sömgaça, ya'ni 14,8 foizga kötarildi. Hafta yakunlariga köra, 1-navli paxta yoğining haftalik kotirovkasi mahsulotning bir tonnasi uçun 16,3 mln sömni taşkil etdi.
Ötgan haftada sotuvçi korxonalar avtomobil benzinining birjadagi boşlanğiç narxlarini oşirişdi. Birja savdolariga 38 599,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qöyildi va ulardan 12 292,0 tonnasi, ya'ni 31,8 foizi sotildi. Ötkazilgan savdolarda har kuni örtaça 34 xaridor iştirok etdi.
Körib çiqilayotgan davrda sotuvçi korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining örtaça boşlanğiç narxlarini mahsulotning bir tonnasi uçun 6,3 mln sömdan 6,4 mln sömgaça yoki 1,8 foizga kötarişdi. Şu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinining örtaça kunlik narxi ham mos tarzda 6,3 mln sömdan 6,4 mln sömgaça, ya'ni 1,8 foizga ösdi.
Körib çiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining örtaça haftalik kotirovkasi 6,4 mln sömni, AI-91 – 7,7 mln sömni taşkil etdi.












