Farğona şahrida istiqomat qiluvçi 30 yoşli kuyov sobiq qaynonasining maşinasini olib qoçgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 29 aprel kuni Farğona şahri böyiça IIO FMBga 48 yoşli E.O‘. ismli ayol ariza bilan murojaat qilib, şu kuni soat 09:30larda Farğona şahri Marğilon köçasida joylaşgan yaşaş xonadonida turgan, öziga tegişli Nexia-3 rusumli avtomaşinasini sobiq kuyovi 30 yoşli A.I. olib qoçganini aytadi. U öz arizasida sobiq kuyovi tomonidan olib qoçilgan avtomaşinasini topib, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida fuqaro E.O‘.ga tegişli Nexia-3 rusumli avtomaşina Farğona tumani Oqbilol mahallasi hududidagi dala yer maydoniga taşlab ketilgani aniqlangan. A.I. esa protsessual tartibda uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Farğona şahri böyiça IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Xabarda tergov harakatlari davomida sobiq kuyov A.I. oilaviy muammolari tufayli uşbu jinoyatni sodir qilgani, hozirda tergov xarakatlari  davom etayotgani bildirilgan.