«Klub portugaliyalik murabbiy Joze Mourino bilan kelişuvga erişganini ma'lum qiladi. Yangi – 2021/22 yilgi mavsumdan boşlab Mourino jamoa boş murabbiyi sifatida boşlaydi», - deyiladi Rim klubi xabarida.
Italiyalik insayder Fabritsi Romanoning yozişiça, tomonlar 2024 yilga qadar belgilangan şartnomani imzolaşgan.
Bir neça soat avvalroq, «Roma» klubi jamoa boş murabbiyi Paulo Fonseka ikki yillik faoliyatidan keyin joriy mavsum yakunida klubni tark etişi haqida rasman e'lon qilgandi.
Ma'lumot uçun, Fonseke boşqaruvidagi rimliklar A Seriya 34-turidan keyin 55 oçko bilan 7-örinda borayotgan bölsa, Yevropa ligasi yarimfinal dastlabki uçraşuvida «MYu» maydonida yirik 2:6 hisobida mağlubiyatga uçrab, turnir bilan xayrlaşiş arafasida turibdi.
Eslatib ötamiz, Joze Mourino aprel oyida «Tottenhem»dan iste'foga çiqarilgandi. «Roma» klubi portugaliyalikning Italiyadagi ikkinçi iş joyiga aylanadi. Bungaça 58 yoşli mutaxasis 2008-2011 yillar davomida «Inter» klubida faoliyat yuritgandi.












