Vaksinalar va immunizatsiya böyiça global alyans (GAVI) hamda Moderna kompaniyasi COVAX mexanizmi doirasida noçor davlatlarga koronavirusga qarşi 500 mln doza vaksina yetkazib berişga oid kelişuv imzoladi.
29 aprelda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Moderna vaksinasini qöllaş uçun ma'qulladi.
Vaksina yetkazib berişni 2021 yil 4-çoragida boşlaş rejalaştirilgan. 2021 yilda 34 mln doza, 2022 yilda esa 466 mln doza vaksina yetkaziladi. Bundan taşqari, Şvetsiya COVAX’ga 1 mln doza AstraZeneca vaksinasini xayriya qilmoqçi.
Avvalroq JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirusga qarşi vaksinalar bilan barça davlatlarni bir xilda ta'minlab bölmasligidan şikoyat qilgandi. Uning ta'kidlaşiça, dunyoda koronavirusga qarşi ötkazilgan 832 mln emlaşning 82 foizdan köproği yuqori va örta daromadga ega davlatlarga, past daromadga ega davlatlarga esa bor-yöği 0,2 foizi töğri kelmoqda.












