Joriy yil 3 may kuni Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasida Şveytsariya elçixonasining professional ta'limni rivojlantirişga doir yangi loyihasi böyiça uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda inspeksiya axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Uçraşuvda 2021-2033 yillar davomida «Özbekistonda professional ta'lim islohotlarini qöllab-quvvatlaş» böyiça grant loyihasini amalga oşirişga doir hamkorlik yönalişlari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Loyiha rahbari Brike Stinxof amalga oşirilişi kutilayotgan loyiha haqida qisqaça ma'lumot berdi.
«Xelvetas» kompaniyasi bugungi kunga qadar Qirğiziston va Tojikiston kabi qöşni mamlakatlar bilan izçil hamkorlik aloqalarini yölga qöyib kelmoqda. Bunda asosiy e'tibor qaratiladigan jihat: ta'lim va mehnat bozori örtasidagi boğliqlikni ta'minlaşdir.
Mazkur loyiha Germaniya, Şveytsariya va Avstriyada juda yaxşi samara bergan. Öylaymizki, yoşlarga sifatli ta'lim beriş va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlaşda Özbekiston bilan amalga oşiradigan loyihalarimiz öz samarasini bermay qolmaydi», dedi Şveytsariyaning professional ta'lim sohasidagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş böyiça loyiha rahbari.
Ta'lim inspeksiyasi boşliği Uluğbek Toşkenboyev professional ta'limda kadrlar tayyorlaş masalasi bugungi kun tartibida eng muhim masalalar ekanini, şveysariyaliklar ilgari surilayotgan taşabbusni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirgan.
«Ta'lim inspeksiyasi boşçiligida 20 dan ortiq mamlakat tajribalarini örgangan holda Özbekistonda ilk bor Milliy kvalifikatsiya ramkasi hamda xalqaro andozalarga mos ravişda yangi şakl va mazmundagi «Professional standart»lar işlab çiqildi. Bu professional ta'lim bosqiçida malakali kadrlarni yangi texnologiyalar asosida tayyorlaş imkonini beradi.
Albatta, pandemiya bilan boğliq vaziyat tufayli oldimizga qöygan rejalarimizni töliq amalga oşira olmadik. Ammo bu yönalişda islohotlarni amalga oşirişda davom etamiz», degan Uluğbek Toşkenboyev.
Loyihadan közlangan asosiy maqsad – Özbekistondagi professional ta'limda öquvçilarda mehnat bozoriga yönaltirilgan bilim va könikmalarini şakllantiriş va iqtisodiyot tarmoqlarida munosib iş örinlarini topiş imkoniyatlarini kengaytiriş hisoblanadi.
Ma'lumot uçun, Helvetas Swiss Intercooperation – 1955 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvçi Şveytsariyaning mustaqil taşkiloti. Hozirda kompaniya dunyoning 32 mamlakatida öz loyihalariga ega.











