Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Tomsk şahrida Özbekiston fuqarosi bilan yuz bergan holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Tomsk şahrida federal xizmat xodimi tomonidan Özbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuç işlatilgani haqida ma'lumotlar tarqaldi.

Qayd etilişiça, bunga sabab – özbekistonlik migrantning savol berib, huquqini talab qilgani. Pasportini taqdim etgan bölsa-da, migratsiya xizmati xodimi undan haydovçilik guvohnomasini ham körsatişni talab qilgan.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga köra, uşbu holatga aniqlik kiritiş, şuningdek har tomonlama va obektiv tekşiruv ötkaziş yuzasidan Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi hamda agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegişli sörovnomalar yuborildi.

Mavjud ma'lumotlarga köra, Rossiyaning Tergov qömitasi va Içki işlar vazirligi uşbu voqea böyiça tekşiruv işlarini boşlagan.

Amalga oşirilgan işlar natijasi yuzasidan qöşimça ma'lumot berilişi aytilgan.