9 may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan keng miqyosdagi va ommabop bayram tadbirlari taşkil etilmoqda, deya xabar berdi vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Qayd etilişiça, 4–7 may kunlari Toşkent şahri köçalari böylab uruş davriga oid retro maşinalar marşi hamda aholining gavjum joylarida ularning töxtaşi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining uruş yillari aks ettirilgan konsert dasturlari namoyiş etiladi. 

Retro maşinalar marşining töxtaşi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining uruş yillari aks ettirilgan konsert dasturlari quyidagi manzillarda bölib ötadi:

  • 4 may soat 14:00–17:00da. Mudofaa vazirligi – 22 harbiy şaharça – M.Uluğbek boği – X.Olimjon mavzeyi – Dinamo stadioni – Irrigatsiya instituti – Bodomzor çorrahasi – “Ğalaba boği” – Mudofaa vazirligi yönalişlarida harakat qiladi. Töxtaş joylari: M.Uluğbek boği va “Ğalaba boği”;
  • 5 may soat 10:00–15.00da. Mudofaa vazirligi – Qurolli Kuçlar akademiyasi – Toşkent Şimoliy vokzali – Sergeli bozori – Mudofaa vazirligi yönalişlarida harakat qiladi. Töxtaş joylari: Toşkent Şimoliy vokzali, Sergeli bozori va “Aşxobod” boği;
  • 6 may soat 14:00–19:00da. Mudofaa vazirligi – “EKO” bozori – A.Doniş köçasi, “Megaplanet” – Yunusobod köçasi “Korzinka” savdo markazi –Mudofaa vazirligi yönalişlarida harakat qiladi. Töxtaş joylari: “EKO” bozori, “Megaplanet” va “Korzinka” savdo markazi;
  • 7 may soat 10:00–17:00da. Mudofaa vazirligi – “Toşkent siti” – “Xalqlar döstligi” san'at saroyi – “Çilonzor” dehqon bozori – Mudofaa vazirligi yönalişlarida harakat qiladi. Töxtaş joylari: “Toşkent siti”, “Xalqlar döstligi” san'at saroyi va “Çilonzor” dehqon bozori.