TFI Securities tahlilçisi Min-Çi Kuoning ma'lum qilişiça, Apple 2023 yilda ekrani qatlanadigan 8 dyuymli iPhone işlab çiqariş haqida öylamoqda. Min-Çi Kuo Apple kompaniyasining işlab çiqariş rejalari böyiça eng obröli mutaxassislaridan biri hisoblanadi.
Kuoning sözlariga köra, Apple 2023 yilda 15-20 million dona buklanuvçan ekranli iPhone taqdim etadi.
Ta'kidlanişiça, buklanuvçan iPhone’ga QHD+ sifatni qöllab-quvvatlaydigan 8 dyuymli OLED-displey örnatiladi. Buklanuvçan displeylarni Samsung yetkazib berişiga qaramay, Apple kumuş nanotola yordamida buklanuvçan konstruksiyani takomillaştirişni maqsad qilgan. Uşbu materialdan hozirda HomePod «aqlli» kolonkalari ekranida foydalanilmoqda.
Min-Çi Kuoning sözlariga köra, Apple'ning yangi rivojlanişi smartfonlar, planşetlar va noutbuklar örtasidagi segmentatsiyani buzişi mumkin va bu esa oxir-oqibat bozorni özgartiradi.
Ayni paytgaça, Samsung, Huawei va Xiaomi’lar buklanuvçan ekranli modellarni e'lon qilişdi, ammo ularning narxi aksariyat iste'molçilar uçun yuqoriligi aytilmoqda.
Avvalroq, Apple kompaniyasi yangilangan iOS 14.5 versiyasini taqdim qilganligi ma'lum qilingandi.











