O‘zbekiston | 16:41 / 05.05.2021
2988
2 daqiqa o‘qiladi

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkaziladi

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi 2021 yil 1 iyuldan unga Vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan o‘tkazish Respublika markazini qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etiladi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.

Prezidentning “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasiga ko‘ra, quyidagilar belgilab qo‘yiladi:

  • Palata Vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan o‘tkazish Respublika markazining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
  • Vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan o‘tkazish Respublika markazining mablag‘lari, mulki, shu jumladan bino va inshootlari, avtotransport vositalari, uskuna, texnika va inventarlari Palataga o‘tkaziladi;
  • Palata rahbariga, zarur hollarda, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilish huquqi beriladi;
  • Palata va uning hududiy bo‘linmalari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saqlanadigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 110ta etib belgilanadi.

Palataga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi:

  • tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish;
  • tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining o‘z malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirib borishini ta'minlash;
  • attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifalari berish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali uning shaffofligini ta'minlash.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid