Statqöm ma'lumotlariga köra, 2021 yilning yanvar—mart oylari holati böyiça respublikada 84,1 million boş parranda mavjud.

Qayd etilişiça, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan soliştirilganda 0,4 foizga köproq.

2021 yilning yanvar—mart holatiga jami parrandalarning 15,3 foizi fermer xöjaliklari, 60,1 foizi dehqon xöjaliklari va 24,6 foizi qişloq xöjaligi faoliyatini amalga oşiruvçi taşkilotlar hissasiga töğri kelgan.

Parrandalar soni eng köp bölgan hududlar sifatida Toşkent (15,2 mln) va Samarqand (11,5 mln) viloyatlari qayd qilingan.

Joriy yilning birinçi çoragida parrandalar soni 0,4 foizga oşgani ma'lum qilingan bölsa-da, 2021 yilning 1 yanvar holatiga nisbatan ötgan 3 oy davomida bu körsatkiç 6 million boşga kamaygan.

Ma'lumot uçun, 2021 yilning 1 yanvar holatiga köra, respublikada 90,1 million boş parranda mavjud bölgan.

Parrandalar sonining bunday keskin kamayib ketiş sabablari oçiqlanmagan.