Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Töraqörğon tumanining Porloq, Quymazor, Yortepa mahallalarida sayyor xizmat körsatildi.

Sayyor qabulda uy-joy, kadastr, kommunal sohaga doir 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilingan bölsa, ularning 12 tasi öz joyida bartaraf etildi. Qolgan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Qabul davomida aholi hamda maktab öqituvçi va öquvçilariga sayyor xizmat körsatildi. Unda tumandagi 39-umumta'lim maktabi bitiruvçilariga DXMlardagi xizmatlardan masofadan turib foydalaniş imkonini beruvçi elektron raqamli imzo kalitlari olib berildi. Şu kuni 65 nafar öquvçiga elektron raqamli imzo kalitlari olib berilgan bölsa, yana 20 nafar fuqaroga farzandini boğçaga navbatga qöyiş, nafaqa va pensiya miqdorini aniqlaş, kadastr pasportini şakllantiriş hamda kommunal sohaga doir xizmatlar körsatildi.