Jizzaxda qariyb 300 tup kannabis yetishtirayotgan shaxs ushlandi

Foto: Tergov departamenti
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida qariyb 300 tup kannabis yetishtirayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 3 may kuni Zarbdor tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan «Qoradori—2021» tadbirida shu tumanning Nurobod mahallasida yashovchi 66 yoshli N.Haydar o‘z hovlisidagi 32 m2 maydonda jami 291 tup kannabis o‘simligini yetishtirayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan N.Haydarga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi «a» bandi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

09:40 / 20.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor

17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

18:32 / 30.01.2025
Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi

15:06 / 28.12.2024