Andijon şahrida yaşovçi fuqaro boşqa bir fuqaroga Rossiyaga çiqiş uçun 1200 dollar evaziga qalbaki hujjatlar tayyorlab berayotganda qölga olingan. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
25 yoşli I.S. Farğona xalqaro aeroporti oldida mahalliy fuqaro bilan uçraşib, unga özini sayyohlik firmasi xodimi sifatida taniştirgan.
Unga Rossiyaga ketişiga yordam berişini aytgan. I.S. fuqaroning jönab ketişida zarur böladigan aviaçipta, muassasalarda davolaniş uçun taklifnoma hamda koronavirus kasalligi aniqlanmagani töğrisida PZR test ma'lumotnomasini tayyorlab berişini aytgan va xizmati evaziga 1200 dollar söragan.
I.S. uşbu fuqaro nomiga qalbaki ravişda tayyorlangan Rossiyaning tibbiy muassasalarida davolaniş uçun taklifnoma va PZR test ma'lumotnomasini berib, undan 1100 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda I.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (Firibgarlik) va 228-modda (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş)lari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Buloqboşi tumani soliq boş inspektori firibgarlik jinoyati ustida uşlanganligi haqida xabar qilgan edik.
















