Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida qalbaki PZR-test natijalarini sotayotgan xususiy klinika rahbari qölga olingan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 26 aprel kuni Qaşqadaryo viloyati IIB Transportda XTB tezkor xodimlari tomonidan kapitan A.T. şartli mijoz sifatida viloyat Sanitariya epidemiologiya stansiyasi laboratoriyasida katta hamşira bölib işlovçi Qarşi tumani Şilvi qişloğida yaşovçi, 1976 yilda tuğilgan N.S. bilan aloqaga kirişgan. Söng, har bir test natijasi uçun 195 ming sömdan pul tölaş uçun kelişib, hamşiraga 1985 yilda tuğilgan Q.E., 1991 yilda tuğilgan J.E. va A.F.larga tegişli bölgan 3 ta pasport nusxasini «Telegramm» orqali yuborgan.
27 aprel kuni ertalab soat 08:00 lar atrofida Qarşi şahar I.Karimov köçasida joylaşgan «Murod med star» xususiy tibbiyot klinikasi yonida uşbu klinikada işlovçi, Koson tumani Uşoqtepa qişloğida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan B.Ş. kelişilgan şaxslarning nomiga rasmiylaştirilgan 3 ta PZR-test blankalarini katta hamşira N.S.ga berayotgan vaqtda qölga olingan.
Qayd etilişiça, tezkor tadbir davomida N.S. ning yonidan 3 dona PZR-test ma'lumotnomasi hamda tadbirga ajratilgan 150 ming söm pul olingan. «Murod med-star» xususiy klinikasi rahbari N.M. öz ixtiyori bilan IIB xodimlariga 450 ming söm pulni qaytarib bergan va ular ham daliliy aşyo sifatida olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijonda qalbaki PZR-testi tayyorlab sotgan 10-sinf öquvçilari uşlandi

















