Pensiyadagi 2-toifali öqituvçilar ham olis hududga borsa, imtiyoz va ustamalar tölanadimi?

2021 yil 9 yanvar kungi «Olis hududlardagi budjet taşkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga muvofiq, ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablarda dars beriş uçun boşqa hududlardan jalb qilingan faqatgina oliy va birinçi toifaga ega öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustama va imtiyozlar belgilanadi. 2-toifali yoki toifasiz pedagoglarga ustama tölaş közda tutilmagan.

Boşqa holatlarda öz ixtiyoriga köra mazkur maktablarda dars beriş mumkin. Biroq maxsus imtiyozlardan foydalana olmaydi.

Bir martalik yordam puli, ustama qaçondan va kimlarga beriladi?

Oliy toifaga ega va olis hududlarga borib işlaş istagi bölgan öqituvçilar Xalq ta'limi vazirligining «Yangi Özbekiston ustozlari» loyihasi doirasida www.ustozfondi.uz platformasi orqali röyxatdan ötib, tanlovda iştirok etişi hamda ta'lim sifati past maktablardagi vakant lavozimlarga işga qabul qilinişi mumkin.

Yuqoridagi platformaga kirib, tanlov şartlari va ta'lim sifati past, vakant lavozimlar mavjud ta'lim muassasalari haqidagi ma'lumotlar bilan tanişib çiqiş tavsiya qilinadi.

Prezident qaroriga köra, olis hududlarda joylaşgan budjet taşkilotlariga boşqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun kelgan oliy ma'lumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boşlanğiç yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.

2021 yilning 1 martidan boşlab ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablarda dars beriş uçun boşqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinçi toifaga ega öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga:

  • bir ma'muriy-hududiy birliklar doirasida boşqa tuman va şaharlardan kelib faoliyat yuritsa, 50 foiz;
  • boşqa ma'muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan bölsa, 100 foiz ustamalar tölanadi.