Iqtisodiyot | 18:46 / 07.05.2021
18550
2 daqiqa o‘qiladi

Dollar kursi bir haftalik tushishdan so‘ng yana oshdi

Hafta davomida pasaya borgan AQSh dollarining rasmiy kursi yangi hafta boshida ko‘tarilib, 10,511.84 so‘mga teng bo‘ladi.

10 may, dushanba kunidan boshlab O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi 7 may, juma kuniga nisbatan 18 so‘mga qimmatlashib, 10,511.84 so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda Markaziy bank ma'lum qildi.

3 may, dushanba kunidagi ko‘tarilishdan (13 so‘mga qimmatlab, 10,523 so‘mni tashkil qilgandi) so‘ng, hafta davomida kurs tushish ko‘rsatkichini namoyon qilib keldi.

4 maydan boshlab nafaqat dollar, balki yevro, funt, iyena, yuan, rubl va tenge ham arzonladi.

3-7 may oralig‘ida dollar kursi 30 so‘mga arzonladi va 7 may holatiga ko‘ra, bir dollar 10,493 so‘mni tashkil qildi.

  • Eslatib o‘tamiz, rasmiy kurs – valuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun amal qiladi.
  • Markaziy bank valutalarni rasmiy kursda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. Tijorat banklaridagi valutalar kursi rasmiy kursdan farq qilishi mumkin.

Mavzuga oid