Ma'lum qilinişiça, 5 may kuni Toşkent viloyati bojxona boşqarmasining «Oybek» çegara bojxona postida «E-TIR» loyihasi işga tuşirildi. Bu özbek-tojik çegara postidagi «E-TIR» ilk pilot loyihasi hisoblanadi.

Işga tuşgan loyiha çegara bojxona postlari hududiga yaqin joylarda zamonaviy bojxona terminallarining qurilişi, çegara ötkaziş punktlari hududi atrofida infrastrukturaning rivojlanişiga, avtotransport vositalari tirbandliklarining oldi olinişiga, Özbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan tovarlar ustidan nazorat mexanizmlarining optimallaşişiga xizmat qilişi kutilmoqda.

«E-TIR» kitobçasi – bojxona maqsadlarida foydalaniladigan, tovarlarni avtomobil transportida xalqaro taşiş uçun möljallangan va kafolat bilan ta'minlangan xalqaro yuk-kuzatuv hujjati hisoblanadi.

Ma'lumot örnida, hozirda Özbekiston Konvensiyaga a'zo 77 ta davlat örtasida TIR Karnet kitobçalaridan eng köp foydalanadigan davlatlardan biri hisoblanib, bu borada 6 örinni egallaydi. Respublika hududida xalqaro taşuvlarni amalga oşirayotgan har uçinçi avtomobil transporti TIR Karnet (E-TIR) kitobçasi asosida taşuvlarni amalga oşiradi.

Özbekistondan ilk marotaba «Xalqaro yöllarda taşiş kitobçasini qöllagan holda yuklarni xalqaro taşiş töğrisidagi bojxona konversiyasi»ning Ijro etuvçi kengaşi a'zoligiga 2021-2022 yillar uçun Davlat bojxona qömitasi Bojxona nazoratini taşkil etiş boşqarmasi boşliği Rustam Kabulov saylangandi.