Tomskda Özbekiston fuqarosi bilan yuz bergan holat yuzasidan politsiya xodimiga nisbatan jinoiy iş qözğatildi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Rossiyaning Tomsk şahrida federal xizmat xodimi tomonidan Özbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuç işlatgani yuzasidan vakolatli idoralarga murojaat qilingandi.
Ayni vaqtda Rossiya Tergov qömitasining Tomsk oblasti tergov organlari tomonidan RF JKning 286-moddasi 3-qismi "a" bandida közda tutilgan (Kuç işlatiş yoki undan foydalaniş tahdidi bilan mansab vakolatlarini oşiriş) jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, politsiya xodimiga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Tomsk şahrida federal xizmat xodimi tomonidan Özbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuç işlatilgani haqida ma'lumotlar tarqaldi.
Qayd etilişiça, bunga sabab – özbekistonlik migrantning savol berib, huquqini talab qilgani. Pasportini taqdim etgan bölsa-da, migratsiya xizmati xodimi undan haydovçilik guvohnomasini ham körsatişni talab qilgan.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi uşbu holatga aniqlik kiritiş, şuningdek har tomonlama va obektiv tekşiruv ötkaziş yuzasidan Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi hamda agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegişli sörovnomalar yuborilganini bildirgan.












