Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 apreldagi 255-son qarori bilan hukumatning 2018 yil 5 sentyabrdagi «Butunjahon internet tarmoğida axborot xavfsizligini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Özbekistonda fuqarolarning şaxsga doir ma'lumotlariga işlov beriş alohida şartlariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda boşqa tuşunçalar qatorida, unda qöllanilgan quyidagi asosiy tuşunçalarga ham ta'rif berilgan:
- şaxsga doir ma'lumotlar – muayyan jismoniy şaxsga taalluqli bölgan yoki uni identifikatsiya qiliş imkonini beradigan, elektron tarzda, qoğozda va (yoki) boşqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
- şaxsga doir ma'lumotlarga işlov beriş – şaxsga doir ma'lumotlarni yiğiş, tizimlaştiriş, saqlaş, özgartiriş, töldiriş, ulardan foydalaniş, ularni beriş, tarqatiş, uzatiş, egasizlantiriş va yöq qiliş böyiça bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oşiriş;
- şaxsga doir ma'lumotlar sub'yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestri – Özbekiston fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlariga işlov beriş alohida şartlariga rioya etmagan şaxsga doir ma'lumotlar bazasi mulkdorlari va (yoki) operatorlari röyxati.
Fuqarolarning şaxsga doir ma'lumotlariga işlov beriş alohida şartlariga rioya etilişi deganda Özbekiston fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda işlov berişda, şu jumladan Internet jahon axborot tarmoğida işlov berişda ularning jisman Özbekiston hududida joylaşgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Şaxsga doir ma'lumotlar bazalari davlat reyestrida röyxatdan ötkazilgan şaxsga doir ma'lumotlar bazalarida yiğilişi, tizimlaştiriliş va saqlanişiga oid şartlarga rioya etiş majburiyati tuşuniladi.
Şaxsga doir ma'lumotlar bazasi operatori – şaxsga doir ma'lumotlarga işlov berişni amalga oşiruvçi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik şaxs. Şaxsga doir ma'lumotlar bazasi mulkdori – şaxsga doir ma'lumotlar bazasiga egalik qiliş, undan foydalaniş va uni tasarruf etiş huquqiga ega bölgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik şaxs.
Belgilanişiça, Özbekiston fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, şu jumladan Internet jahon tarmoğida işlov beriş alohida şartlariga rioya etilişi ustidan davlat nazorati Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oşiriladi.













