Toşkentda Iqtisodiyot assambleyasi hamda Mebelçilar va yoğoçsozlik sanoati uyuşmasi tomonidan turli soha vakillari iştirokida uçraşuv taşkil etildi.
Tadbirda qatnaşgan iqtisodçi, biznes-murabbiy Muhammadali Eşonqulov bugungi özbek yoşlari va mamlakatni rivojlantirişda e'tibor qaratiş zarur bölgan jihatlar haqida fikrlarini aytdi.
«Gapni oğriqli nuqtamizdan boşlasam. Hozirgi kunda köpçilik tasdiqlaydigan statistika bor. Ya'ni otalar farzandlari bilan bir sutka içida maksimum 12 daqiqa gaplaşarkan. Onalar yarim soatdan köp gaplaşmayapti. Yoşlar haqida gapiramiz-u, ularning dunyoqaraşini nima şakllantiryapti desangiz, ota-onasining absolyut roli yöqdek. Faqat internet, televideniye, atrof-muhit va telefon eng katta rol öynayapti. Ota-onalar bolasi kimligini bilmayapti.
Özbek xalqi yoşlarining dunyoqaraşi boşqa xalq yoşlaridan yuqori turadi. Lekin nega biz kambağal davlatmiz? Köpçilik bizni rivojlanayotgan davlat deb öylaydi.
Kişi boşiga kunlik daromadni bölsak, 4,5 dollardan töğri keladi. Rivojlanayotgan davlat böliş uçun har bir fuqaroning kunlik daromadi 10 dollardan 30 dollargaça bölişi kerak.
Endi nimaga biz kambağal, Yaponiya kuçli? Nimaga biz bunday, Koreya yoki Singapur rivojlangan, deb köp öylandim. Buning sababi bizda individ kuçli, tizim kuçli emas. Ularda tizim kuçli ekan, individ esa kuçsiz.
Yaqinda «Jang san'ati» degan kitobni tarjima qildirdik. Asarda aytiladiki, jangda lideri kuçli, armiyasi kuçsiz tomon, lideri kuçsiz armiyasi kuçli tomonni yengadi. Ya'ni boşqaruv strategiyasiga köp narsa boğliq.
Masalan, Şimoliy va Janubiy Koreyaning boşqaruv tizimlarini oling. Farobiy hazratlari «Fozil odamlar şahri» asarida podşoh podşohligini, fuqaro fuqaroligini, mirşab mirşabligini qilişi kerakligini aytgan. Heç kim bir-birining işiga aralaşmasligi lozim. Şundagina rivojlaniş böladi», deya muallim fikrlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, uçraşuvda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev mamlakat rivojida boşqaruv tizimi va fuqarolik jamiyatining roli haqida gapirdi.
«Har qanaqa tizimda şaxsdan köra institut şakllanişi muhim. Bizda şaxslar muhim, institut emas. Bu yomon.
Masalan, Britaniyada payşanba kuni ertalab saylov böladi. Juma kuni ertalab natija çiqadi. Agar amaldagi hukumat yutqazsa, soat 12ga borib yangi hukumat qiroliçaga kirib hukumat tuziş taklifini oladi-da, soat 13da işni boşlaydi.











