Qator mamlakatlar Pfizer va BioNTech kompaniyalari vaksinasini sotib olmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Pfizer ijroçi direktori Albert Burlaga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Burlaning sözlariga köra, u daromadi örtaça va past bölgan mamlakatlarga vaksina ğamlab olişlarini sörab, vaksina zaxirasi çeklanganini aytib murojaat qilgan, ammo ular bu taklifdan voz keçgan.

«Biz barça mamlakatlarga buyurtma berişlarini sörab murojaat qildik. Daromadi yuqori davlatlar vaksinaning katta qismini zaxiralab oldi», – dedi Burla.

Uning qayd etişiça, Pfizer va BioNTech narx belgilaşning köp darajali modelidan foydalanadi. Örtaça daromadga ega mamlakatlar yuqori daromadga ega mamlakatlarga nisbatan ikki baravar arzonroq pul tölaydi, past daromadli mamlakatlar esa vaksinani tannarxiga sotib oladi.

Pfizer va BioNtech bu yil 110dan ortiq mamlakatga 3 mlrd doza vaksina yetkazib berişni möljallamoqda.