Argentinada 10Pines dasturiy ta'minot kompaniyasi xodimlarning iş haqini ularning hamkasblari tomonidan belgilanişiga imkon beradi.

Şaffof va demokratik bölişga intilayotgan mazkur kompaniyada iş haqi yiliga uç marta ötkaziladigan «iş haqini tayinlaş yiğilişlari»da belgilanadi. Uşbu yiğilişlarda yangi va sinov jarayonida bölgan xodimlardan taşqari barça iştirok etadi.
Xodimlar (yoki ularga yöl-yöriq körsatuvçilar) iş haqi qança oşişi kerakligini aytişadi va ularning bu boradagi takliflari oçiq muhokama qilinadi.
2010 yilda taşkil topgan va 85 nafar xodimga ega 10Pines kompaniyasi poytaxt Buenos-Ayres şahrida faoliyat olib boradi.
Xodimlar kompaniya foydasining 50 foizini bölişişadi.
Xodimlardan biri Ariyel Umanskiy 2020 yil dekabrda 7 foizga kötarilgan oylikni olişdan boş tortgan. «Öz qobiliyatini mendan köra yaxşiroq namoyiş eta olgan hamkasblarim qarşisida özimga nisbatan işonçsizlik tuydim», deydi Umanskiy bunga izoh berarkan.
Umanskiy sönggi 5 yil içida ikkinçi marta oşirilgan oylikni olişdan boş tortgan.

«Iyerarxik bölmagan kompaniya»
Kompaniya imkon qadar töğri iyerarxiyaga ega bölişni va xodimlar uçun şaffof muhit yaratişni maqsad qilgan.
3 oylik sinov muddatidan söng işga qabul qilingan har bir yangi xodim jamoaning qolgan qismi bilan har oy oçiq yiğilişlarda qatnaşadi. Yiğilişda potensial yangi mijozlar, xarajatlar, kompaniyani moliyalaştiriş va albatta, iş haqi kabi bir qator muhim masalalar böyiça kompaniya qarorlari qabul qilinadi.
Jamoada boş direktor yoki menejyer yöq. Buning örniga «hamkasblar» yoki «usta»lar mavjud.
«Oyliklarni oşiriş töğrisida qaror qabul qiladigan xöjayin yöqligi sababli biz hokimiyatni xodimlarga berganmiz», deydi 10Pines asosçilaridan biri Xorxe Silva.
Yangi işga qabul qilingan şaxslar öz maoşlari töğrisida ma'lum darajada kelişib olişlari mumkin. Silvaning aytişiça, bu avvaliga muammo bölişi mumkin. Şu sababli, yangi işçilarga taklif qilinadigan iş haqi kompaniyadagi yaqin tajribaga ega bölganlar bilan hal qilinadi.












