Begunoh insonlar, hatto yoş bolalarni vahşiylarça otib, peçlarda yoqib öldirilganiga guvoh bölgan qahramonimiz bilan suhbatimiz mudhiş uruş voqeliklari haqida böldi.



Faşistlar Aleksandr Vasilevskiy yaşagan Ukrainaning Vinnitsa viloyatiga 1941 yilning 10 avgustida kirib kelişgan. Bosqinçilar uning oilasidagi tört kişi – onasi, ikki singlisi va öğil ukasini konslagerga jönatişadi.
Oilaning ikki a'zosi konslagerdagi azoblarga doş bera olmay halok bölgan. Lager joylaşgan hududni 1944 yilning 10 avgustida sobiq ittifoq qöşinlari ozod qilgan.
«Konslagerda doimiy ravişda 500 ming atrofida odam uşlab turilardi. Atrof örmonzor. Nemislar lagerdan odamlarni örmonga olib çiqib, otib öldirardi.
Uruş oxiriga borib konslagerda 100 nafarça odam tirik qolgandi. Bizni ozod qilganlar orasida partizanlar ham bor edi. Biz yarim yilça örmonda partizanlar bilan birga yaşaganmiz. Konslagerda men oilamizdan tört kişi bilan birga bölganman.
Onam, ikki singlim va ukam. Ikkitasi öşa yerda halok bölgan, ikkitamiz omon qolganmiz. Otam frontda bölgan.


Konslagerda bizga ovqat berişmasdi. Faqatgina mahalliy aholining yordami bilan tirik qolganmiz. Ular bizga sim tösiqlar ortidan kartoşka, non bölaklarini taşlab berişardi. Mahalliy aholining bir qismi politsaylar edi, faşistlarga xizmat qilardi, boşqa qismi esa bizni asrab qolişga harakat qilardi. Ular tufayli biz omon qolganmiz.
Biz yoş bolalar suv taşirdik, kartoşka taşirdik. Kartoşka pöstloğini bizga yeyiş uçun berişardi. Taom berişmasdi.
Odamlarni yoqib yuborişmasdi, otib öldirişardi. Atrofdagi butun örmon şu konslager qurbonlari bilan tölgan. Bu konslagerni butun dunyo «Ölim sirtmoği» sifatida yaxşi biladi. Vinnitsa yaqinida Hitlerning qarorgohi bölgan. U öşa yerdan töppa-töğri Moskvaga yöl olişni möljallagan.


















