Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 may kuni Ğalaba boğiga taşrif buyurdi.

Atrof bayramona bezatilgan. Qurolli Kuçlar tizimiga kiruvçi vazirlik va idoralarning rahbarlar tarkibi saf tortgan.



Davlat rahbari, Qurolli Kuçlarimiz Oliy Boş Qömondoni ularni bayram bilan tabrikladi.
Harbiy orkestr ijrosida “Xotirlaş kuyi” yangradi.
Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulçambar qöydi.


Bu yodgorlik Ikkinçi jahon uruşida beş öğlidan ayrilgan jafokaş va matonatli ona – Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bağişlab barpo etilgan. U xalqimizning uruşdagi yöqotişlari, ğalabaga qöşgan ulkan hissasining timsoli sifatida boğ markazidan örin olgan. Bu yodgorlikka gul qöyiş barça Özbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.

Qurolli Kuçlar tizimiga kiruvçi vazirlik va idoralar vakillari ham majmua poyiga gullar qöydi.


Şavkat Mirziyoyev uluğ ayyom kunlarida uruş va mehnat faxriylari bilan körişib turganidan mamnun ekanini bildirib, barçani faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning 76 yilligi bilan qutladi.

Assalomu alaykum, hurmatli vatandoşlar! Qadrli uruş va mehnat faxriylari!
Avvalo, mana şu uluğ ayyom kunlarida, muhtaşam Ğalaba boğida turib, siz, azizlarni, Xotira va qadrlaş kuni hamda, buyuk Ğalabaning 76 yilligi bilan, çin qalbimdan tabriklayman.
Barçangizga, özimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Bugungi tantanali marosimni joylardagi studiyalarda, harbiy okruglarda, oila davrasida televideniye orqali tomoşa qilayotgan barça faxriylarimizni, köpmillatli butun xalqimizni samimiy muborakbod etaman.
Muhtaram uruş va mehnat faxriylari!
Bugungi şonli sanani biz doimo, çeksiz quvonç va çeksiz iztirob bilan nişonlaymiz.
Vatan ozodligi uçun, hozirgi tinç-omon kunlar uçun, jang maydonlarida halok bölgan ota-bobolarimizni, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoşlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, hurmat bajo keltiramiz.
Siz, mötabar faxriylarimizning beqiyos mardlik va matonatingiz, insoniyat tarixiga abadiy öçmaydigan, buyuk sahifa bölib yozilganini, çuqur minnatdorlik bilan e'tirof etamiz.
Uluğ va tabarruk yoşlarga yetib, bugun oramizda soğ-salomat, duogöy bölib yurgan uruş va mehnat frontining barça jangçilariga, yana bir bor yuksak mehr va hurmatimizni izhor etib, ularning barçalariga çin yurakdan taşakkur aytamiź.
Hayotning oğir va aççiq sinovlarini mardona yengib ötgan Siz, azizlarning Özbekistonimizni har tomonlama rivojlantiriş, yoşlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, mustahkam irodali insonlar etib tarbiyalaşga qöşayotgan munosib hissangizni, barçamiz yuksak baholaymiz.
Biz – bugungi minnatdor avlodlar, sizlar kabi jasur otalarimiz bilan, umrbod faxrlanamiz.
Mana şu hayajonli daqiqalarda, sizlarning jang maydonlaridagi buyuk qahramonlik körsatganingiz, uruşdan keyin mamlakatni tiklaş va rivojlantiriş yölida qilgan fidokorona xizmatlaringiz uçun, barçamiz boş egib ta'zim qilamiz.
Oradan yana qança yillar, asrlar ötmasin, sizlarning faşizmga qarşi körsatgan matonatingizni xalqimiz hamişa qalbida, xotirasida saqlaydi, bu jasorat yoşlarimiz uçun, abadiy ibrat namunasi bölib qoladi, albatta.
Hurmatli yurtdoşlar!
Ikkinçi jahon uruşi, millionlab begunoh insonlarning ölimiga sabab bölgan, mislsiz yöqotiş va talafotlarga olib kelgan eng dahşatli qirğin bölganini, hammamiz yaxşi bilamiz.
Olti yil davom etgan bu qonli uruşda, öşa paytda dunyodagi mavjud 73 ta davlatdan 62tasi, Yer yuzi aholisining 80 foizi iştirok etgani ham, bu haqiqatni tasdiqlaydi.
Yevropa, Osiyo va Afrika qit'alaridagi 40 ta davlatni bevosita qamrab olgan uruş harakatlariga, 110 million kişi safarbar etilgani va bu qirğinda, jami 70 million kişi halok bölgani, har qanday odamni larzaga soladi.
Eng köp qurbonlar sobiq ittifoq davlatlari hissasiga töğri kelib, qariyb 27 million kişini taşkil etganini, bugun ham, ulkan qayğu va iztirob bilan eslaymiz.
Özbekiston xalqi, butun taraqqiyparvar insoniyat qatorida, uruşning birinçi kunlaridan boşlab, faşizmga qarşi jangga kirdi.
Yovuz duşmanni tor-mor etiş uçun, bor kuç va imkoniyatlarini safarbar etdi.
Şu borada ba'zi bir eng muhim, ilgari bizga noma'lum bölgan fakt va raqamlarni, yana bir bor eslab ötiş örinli, deb hisoblayman.
Ma'lumki, 1941 yil arafasida respublikamiz aholisi, 6 million 800 mingdan ziyod kişini taşkil etardi. Uruş boşlanişi bilan, qariyb 2 million yurtdoşimiz frontga otlandi.
Har biri tom ma'noda qahramon bölgan bu aziz insonlarning 500 mingdan ziyodi, şafqatsiz janglarda halok böldi.
Biz, bu raqamlarni har yili 9 may – Ğalaba bayramida qayta-qayta esga olamiz. Bular şunçaki oddiy raqamlar emas. Ularning zamirida muştipar onalarimiz, momolarimiz, mard va jasur otalarimiz, butun xalqimiz qalbidagi çeksiz qayğu va hasrat mujassam.
Bu dard-u alamlarni heç qanday raqam, heç qanday söz bilan ifodalab bölmaydi, desak, yanglişmagan bölamiz.
Nega deganda, 500 mingdan ziyod qurbon – bu 500 mingdan ortiq fojia degani.
Bu, umr yöldoşidan ayrilgan ming-minglab ayollar, ota-onasidan judo bölgan, millionlab yetim bolalar degani.
Bu – oradan şunça yillar ötsa hamki, xalqimiz yuragidagi bitmagan, heç qaçon bitmaydigan mudhiş yara, tuganmas nola va armon demakdir.
Özbekiston xalqi, ana şunday oğir talafotlar körib, buyuk Ğalabaga beqiyos hissa qöşdi.
Bu haqiqatni, 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani ham, yaqqol isbotlaydi.
Vatandoşlarimizning 301 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni degan yuksak unvonga, 70 nafardan ortiği uçala darajadagi “Slava” ordeniga sazovor bölganini, alohida ta'kidlaş lozim.
Insoniyat taqdiri va kelajagi hal bölayotgan öşa suronli yillarda, Özbekiston, frontning mustahkam ta'minot bazasi bölib xizmat qildi.
«Hamma narsa – front uçun, hamma narsa – Ğalaba uçun!» degan ğoya, el-yurtimizning hayotiy e'tiqodiga aylandi.
Xalqimiz tun-u kun tinimsiz mehnat qilib, ulkan miqdordagi oziq-ovqat, kiyim-keçak, qurol-aslaha, dori-darmon zaxiralarini jang maydonlariga uzluksiz yetkazib berdi.
Bomba va snaryadlar tinimsiz portlab turgan hududlardan, 170 ga yaqin zavod va fabrikalar, Özbekistonga evakuatsiya qilindi va qisqa muddatda qayta işga tuşirildi.
Uruşdan jabr körgan 1 million 500 mingdan ortiq keksalar, ayollar va bolalar, respublikamizga köçirib keltirildi. Ularning 200 mingdan ziyodi, ota-onasidan ayrilgan yetim bolalar edi.
El-yurtimiz mudhiş uruş yillarida, özining yuksak gumanistik fazilatlarini namoyon etdi. Özbekistonga olib kelingan turli millatga mansub ming-minglab insonlarga boşpana berdi, mehr-şafqat, odamiylik körsatib, eng sönggi nonini ham, ular bilan baham kördi.
«Toşkent – non şahri», «Özbekiston – mehr mamlakati» ekanini, amalda yana bir bor isbotladi.
Xalqimizning bunday ulkan jasorati, oliyjanobligi butun dunyoda hurmat-e'tirofga sazovor böldi.
Va bu bilan, biz har qança faxrlansak, ğururlansak arziydi.
Muhtaram vatandoşlar!
Sizlarga ma'lumki, keyingi yillarda xalqimizning buyuk Ğalabaga qöşgan ulkan hissasini har tomonlama örganiş va tarğib etiş böyiça, yurtimizda katta işlar amalga oşirilmoqda.
Bu borada ilgari yopiq bölgan arxiv hujjatlari oçilgani, sobiq Ittifoq respublikalari va çet eldagi arxiv taşkilotlari, muzey va fondlar, olim va mutaxassislar, keng jamoatçilik bilan hamkorlik kuçaygani, muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
Hozirgi kunda, mamlakatimizning Ikkinçi jahon uruşi davridagi tarixi yangi ma'lumot va dalillar, noyob hujjatlar bilan boyib bormoqda.
Mavzuga oid yangi-yangi ilmiy tadqiqotlar, badiiy asarlar, kinofilm va albomlar, köplab kartina va haykallar yaratilmoqda.
Ta'lim maskanlari va mahalla idoralarida, uşbu yönalişda taşkil etilgan stend va körgazmalarda, jangçi ota-bobolarimizning ölmas siymolari, ular haqidagi muhim tarixiy ma'lumotlar aks ettirilmoqda.
Biz bu işlarni yanada keng kölamda, faol davom ettirişimiz zarur.
Bugun, uruş yillarida beş azamat öğlidan judo bölgan Zulfiya Zokirova va uning oilasiga örnatilgan yodgorlik poyiga gulçambar qöyib, hurmat bajo keltirdik.
Bu matonatli inson timsolida barça Özbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtiromimizni izhor etdik.
Işonçim komilki, ana şunday fidoyi onalarimiz – sevgan yori va farzandlariga, oilasi va yurtiga sodiq ayollarimizning jasorati, yoş öğil-qizlarimiz uçun Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat, sabr-matonat timsoli bölib xizmat qiladi.
Şuning uçun, uşbu majmuadagi har bir yodgorlikning ma'no-mazmuni va falsafasini, xalqimiz, ayniqsa, yoş avlod qalbi va ongiga singdirişga alohida e'tibor qaratişimiz lozim.
Ğalaba boği faoliyatini taşkil etiş haqida ötgan yili qabul qilingan prezident qaroriga muvofiq, bu borada e'tiborga loyiq işlar amalga oşirilmoqda.
Albatta, ularning barçasi haqida sözlaş uçun köp vaqt kerak. Men faqat eng muhim işlar haqida, qisqaça töxtalib ötmoqçiman.
Avvalo, Ğalaba boği yodgorlik majmuasini harbiy tariximiz, uruş va mehnat fronti qatnaşçilari jasoratini örganiş böyiça, ilmiy markazga aylantiriş harakati boşlandi.
Şu maqsadda, taşkil etilgan işçi guruh tomonidan majmuaning elektron platformasi, onlayn dasturlar yaratildi va ularning faoliyati yölga qöyildi. Majmuaning veb-sayti takomillaştirildi.
Ikkinçi jahon uruşida iştirok etgan 2 millionga yaqin vatandoşlarimizning töliq röyxatini şakllantiriş va şu asosda, «Vatan fidoyilari» xotira kitobini tayyorlaş işlari olib borilmoqda.
Ötgan qisqa davrda, karantin şaroitiga qaramasdan, Ğalaba boğiga 250 mingga yaqin yurtdoşlarimiz va çet ellik mehmonlar taşrif buyurdi.
Ular orasida öquvçi va talaba yoşlar, muhtaram nuroniylar, harbiy xizmatçilar, Hamdöstlik davlatlari va boşqa çet el fuqarolari, yuqori martabali xorijiy delegatsiyalar a'zolari borligi, ayniqsa e'tiborga sazovordir.
Bu yerga taşrif buyurgan odamlarning, Özbekistonda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari xotirasiga körsatilayotgan ulkan hurmat-e'tibor haqida bildirgan samimiy fikrlari, yuksak baholari, öylaymanki, heç kimni befarq qoldirmaydi.
Ğalaba boği qisqa muddatda tabarruk ziyoratgohga, turli uçraşuvlar, ma'naviy-ma'rifiy, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar muntazam ötkaziladigan qutluğ maskanga aylanib qolgani, albatta barçamizni quvontiradi.
Ayniqsa, 300 mingdan ziyod yoşlar iştirok etgan “Şon-şaraf” harbiy festivali, yoş ijodkorlarning uruş mavzusidagi körgazmalari, körik-tanlovlar köpçilikda katta taassurot qoldirdi.
Bugungi kunda majmua tarkibida faoliyat körsatayotgan “Şon-şaraf” davlat muzeyida, 12 yarim mingga yaqin eksponat töplangan bölib, ularning soni tobora ortib bormoqda.
Bu haqda gapirganda, ötgan yili naşr etilgan «Özbekiston xalqining faşizm ustidan qozonilgan ğalabaga qöşgan hissasi» kitob-albomini tilga oliş örinlidir.
Bu yilgi bayram arafasida, uning uzviy davomi bölgan «Özbekiston Ikkinçi jahon uruşi davrida» va «Ğalaba boği falsafasi» nomli kitob-albomlar çop etilganini, alohida qayd etiş lozim.
Uşbu naşrlarda xalqimizning uruş yillaridagi qahramonligi haqida ilgari bizga noma'lum bölgan, köplab yangi ma'lumotlar keltirilgan.
Şu borada birgina misolga e'tiboringizni qaratmoqçiman.
Ma'lumki, taniqli sahna ustasi Ma'suma Qoriyeva, uruşdan oldingi yillarda sobiq Hamza teatrining yetakçi artistlaridan biri bölgan. Uning qaynotasi – jadidçilik harakatining taniqli namoyandasi Abduvohid qori, qayin ukasi – iste'dodli şoir Oltoy Qoriyev, turmuş örtoği – Madaniyat vazirligi san'at boşqarmasining boşliği Bosit Qoriyev, 30-yillarda nohaq siyosiy qatağonga uçraydi. Qaynotasi va eri ölim jazosiga hukm qilinadi.
Yurtga yov bostirib kelgan oğir kunlarda, Ma'suma Qoriyeva öz boşiga tuşgan fojiani unutib, ikki farzandi – Şavkat va Botir Qoriyevlarni faşizmga qarşi jangga yuboradi. Özi esa hozirgi Özbek milliy teatrida kasaba uyuşmasiga rahbarlik qilib, ğoyat oğir davrda xodimlarni moddiy ta'minlaş uçun jonbozlik körsatadi. Uruş tugaydi, lekin Ma'suma ayaning farzandlaridan darak bölmaydi. Muştipar ona ularning izlarini izlab Moskvaga boradi. U yerda ikkala öğli ham, janglarda halok bölganini aniqlaydi.
Ma'lum bölişiça, uruşda körsatgan jasorati uçun Şavkat Qoriyev «Qizil bayroq» ordeni, Botir Qoriyev esa «Qizil yulduz» ordeni bilan taqdirlangan ekan. Ming afsuski, Ma'suma Qoriyeva bundan bexabar edi. Onaizor farzandlari doğini kötarolmasdan, 1946 yili Moskvada vafot etadi.
Mana şunday qayğuli voqealar bilan tanişganda, qahramon ajdodlarimizning öçmas xotirasi oldidagi qarzimiz va burçimizni, yanada çuqur his etamiz.
Bugungi tinç, erkin va yoruğ kunlarning qadriga yetiş kerakligini yana bir bor anglaymiz.
Öylaymanki, tarixçi olimlarimiz, ijodkor ziyolilarimiz, kinoçi va rassomlarimiz, Ğalaba boğidagi har bir majmua haqida yangi ilmiy tadqiqotlar, badiiy asarlar yaratib, xalqimizga taqdim etsa, nur ustiga nur bölardi.
Şu nuqtayi nazardan qaraganda, Ikkinçi jahon uruşi töğrisidagi bor haqiqatni aniqlaş va xalqimizga yetkaziş, ajdodlar xotirasini abadiylaştiriş böyiça hali köp iş qilişimiz kerak.
Yurtimizdagi har bir qişloq, mahalla va ta'lim muassasasi, davlat va nodavlat taşkilotlar, keng jamoatçiligimiz uruş iştirokçilariga doir materiallarni töplaş va tarğib etişda, yanada faol iştirok etadilar, deb işonaman.
Ayniqsa, zamonaviy ilm-fanlarni, xususan, milliy tariximizni katta qiziqiş va mehr bilan örganayotgan yoşlarimizdan bu borada, yangi taşabbus va harakatlarni kutib qolamiz.
Bugungi kunda yurtimizda uruş qatnaşçilari haqidagi ma'lumotlarning töliq elektron bazasini yaratişning vaqti-soati keldi.
Rossiya, Belarus, Qozoğiston kabi davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribasini örganib, bunday amaliy işlarni Özbekistonda ham taşkil etişimiz lozim.
Şu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda, Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilari haqidagi ma'lumotlarning elektron bazasini yaratiş, bu borada maxsus saytlar, Internet resurslarni köpaytiriş haqida qaror loyihasini tayyorlab, kiritiş topşiriladi.
Hurmatli anjuman qatnaşçilari!
Hayot qonuniyatiga köra, vaqt ötişi bilan köp narsa unutiladi, esdan çiqadi.
Lekin, bu yoruğ dunyoda uluğ bir haqiqat borki, u heç qaçon özgarmaydi, heç qaçon eskirmaydi:
Ya'ni Vatan va xalq ozodligi, kelgusi avlodlarning baxtu saodati yölida mardlik va jasorat körsatgan insonlar xotirasi, hamişa barhayot yaşaydi.
Şu bois, biz uçun uruş va mehnat faxriylarining izzat-hurmatini joyiga qöyiş, ötganlarning xotirasini abadiylaştiriş, doimo muqaddas vazifa bölib qoladi.
Bayram munosabati bilan, bu borada köp işlar amalga oşirildi. Jumladan, tegişli vazirlik, idora va taşkilotlar, harbiy qismlar rahbarlari iştirokida uruş va mehnat faxriylari, ularning oila a'zolarini qutlaş, tabrik va sovğalar topşirişga bağişlangan marosimlar, tantanali vaziyatda ötkazildi.
Yolğiz yaşayotgan uruş va mehnat faxriylarining uy-joylari ta'mirlandi va obod qilindi.
Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlarining har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmatlar körsatadigan, ularni parvariş qiliş bilan şuğullanadigan patronaj xizmati yölga qöyildi.
Ana şunday faxriylarimiz, öz xohiş-istaklari asosida respublikamizdagi sanatoriylarda davolanmoqda.
Bayram kunlarida barça şahar va qişloqlarimizda xotira tadbirlari ötkazilmoqda.
Albatta, xalqimiz ma'naviyatining ajralmas qismi bölgan bunday savobli işlarni, biz bundan buyon ham izçil davom ettiramiz.
Qadrli döstlar!
Ikkinçi jahon uruşining qonli fojialaridan xulosa va saboq çiqarib yaşaşni, bugungi notinç va tahlikali hayotning özi talab etmoqda.
Yer yuzida tinçlik uçun kuraşiş, dunyo davlatlari örtasida özaro döstlik va hamkorlik aloqalarini kuçaytiriş, bugun har qaçongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Biz, yangi Özbekistonni barpo etiş strategiyasini, aynan mana şunday tamoyillar asosida amalga oşirmoqdamiz va bu yöldan heç qaçon ortga qaytmaymiz.
Ayniqsa, bebaho boyligimiz bölgan tinçlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo ahillik va totuvlikni asraş, mustaqilligimizni yanada mustahkamlaş, hamişa boş vazifamiz bölib qoladi.
Dunyoda va mintaqamizdagi notinç vaziyatni hisobga olgan holda, biz doimo huşyor va sezgir bölib yaşaşimiz, Qurolli Kuçlarimiz salohiyatini oşirib, yoşlarimizni vatanparvarlik va jasorat ruhida tarbiyalaşimiz zarur.
Ana şunday ğoyat muhim vazifalarni samarali ado etişda buyuk ajdodlarimiz, muhtaram faxriylarimizning mardligi va şonli an'analari, heç şubhasiz, biz uçun doimo ibrat maktabi bölib xizmat qiladi.
Qahramon otalaridan örnak va namuna olib, ular bilan doimo faxrlanib yaşaydigan xalq, heç qaçon kam bölmaydi va özining ezgu maqsadlariga albatta yetadi.
Qadrli va muhtaram vatandoşlarim!
Siz, azizlarni bugungi qutluğ bayram – Xotira va qadrlaş kuni bilan yana bir bor çin qalbimdan tabriklayman.
Mana şu imkoniyatdan foydalanib, yaqinlaşib kelayotgan yana bir uluğ ayyom – muqaddas Ramazon hayiti bilan ham, barçangizni samimiy muborakbod etaman.
Xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxtu saodat tilayman.
Barça ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oşsin! Yurtimiz tinç, xalqimiz omon bölsin! Doimo soğ-salomat böling, azizlarim, qadrdonlarim!










