Ijtimoiy tarmoqlarda Uzun tumanida noma'lum şaxsning murdasi topilgani haqida xabar tarqalgandi. Uşbu xabar yuzasidan Surxondaryo viloyat IIB rasmiy munosabat bildirib, notöğri xabar tarqatilganini ta'kidlamoqda.

Rasmiy munosabatda «Uzun tumani markaziy şifoxonasining 2021 yil 6 may kunidagi xabarga köra, 6 may kuni soat 05:45da, Sariosiyo tumanida yaşagan, fuqaro M.R. tumanning Özbekiston mahallasi hududida vafot etgani aniqlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Uzun tumani markazidagi köprik atrofidan noma'lum şaxsning murdasi topilgani töğrisida tarqalgan xabarlar notöğri. Şu kuni vafot etgan marxum M.R.ning şaxsi aniq bölib, uning ölimiga surunkali kasalligi sabab bölganini ma'lum qilamiz», - deyiladi.

Kun.uz muxbiri Uzun tumanidagi köprik atrofida noma'lum şaxs vafot etganligi, atrofdagi fuqarolar uşbu fuqaroni şaxsini aniqlaşga jalb etilgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritiş maqsadida Uzun tuman hokimligi vakilidan izoh olgandi. U Kun.uz'ga fuqaroning şaxsini aniqlaş işlari olib borilayotganini bildirgandi.

Şu kunning özida uşbu xabarlar haqiqatga mos kelişini tekşiriş maqsadida Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati bilan boğlangan Kun.uz muxbiri ma'sul şaxsdan mazkur izohni ololmagan.

Surxondaryo viloyat IIB özlari bilan boğlangan muxbirlarga söralgan xabarni xolis, oçiqlik prinsipi asosida taqdim qilganlarida bu kabi holatlar yuz bermasdi. Ma'sullar OAV uçun oçiq bölmagan jarayonda turli manbalarga asosan, notöğri talqin qilingan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalişi tabiiy hol.

Bundan oldin Qumqurğon tumanining sobiq örinbosari, sobiq xodim öz joniga qasd qilişi yuzasidan IIBdan ma'lumot söralganda ham Kun.uz'ga töliq, xolis ma'lumot berilmagan. Öz joniga qasd qilgan Qumqörğon tuman IIB örinbosari işdan böşatilgani haqida bildirilmagan.

Kun.uz ma'sullar tomonidan berilgan birorta xabarni noxolis talqin qilmagan. Axborot tarqatişda doim xolislikka intiladi.