IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, Toşkentda işlamayotgan bodikamera bilan haydovçining hujjatlarini tekşirgan YPX xodimi va uning rahbarlariga nisbatan intizomiy ta'sir çoralari qöllanilgan.
Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqda «Bodikamerasi işlamayotgan YPX xodimi» sarlavhasi ostida videolavha tarqalgan. Unda 25 aprel kuni Sergeli tumani hududida joylaşgan «Turbanov» blokpostida hujjatlarini tekşiriş uçun «Malibu» haydovçisini töxtatgan YPX xodimining bodikamerasi işlamayotgani aks etgan.
Videolavhada YPX xodimi haydovçiga bodikamera moslamasining quvvati tugaganini aytgani, öz navbatida haydovçi bu holatga nisbatan e'tiroz bildirgani körinadi.
Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi xulosasiga köra, «Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisida»gi nizom hamda içki işlar vazirining ayrim me'yoriy buyruqlari talablarini buzgani uçun Toşkent şahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Akbarovga va uning bevosita rahbarlariga nisbatan intizomiy ta'sir çoralari qöllanilgan.
Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisida»gi nizomning 18-bandiga asosan haydovçilar bodikamerasiz YPX xodimiga hujjat körsatmaslik huquqiga ega bölişgan. Öz navbatida, YPX xodimi yöl harakati qatnaşçilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma'lum qilişga va noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlaş uçun videoyozuvdan foydalanişi mumkinligi haqida ogohlantirişga majbur.
IIV qurilma bir marta quvvat olganda uzluksiz 8 soat işlaşini, bodikamera quvvati tugaganda YPX xodimi uni avtomatik quvvatlagiçga ulagan holda faoliyatini davom ettirişi mumkinligini ma'lum qilgan.
Avvalroq Andijon, Qaşqadaryo va Navoiyda bodikamerasiz faoliyat yuritayotgan YPX xodimlari













