Mamadali Topvoldiyev 1919 yil 3 sentyabrda Farğona viloyati Rişton tumani Pandigon qişloğida tuğilgan. Otasi Topvoldi aka dehqonçilik, onasi Melibuva aya esa farzand tarbiyasi bilan maşğul bölgan.

Kazbek armiya safiga çaqirilgunga qadar qişloqda bir muddat poçtalon, keyin esa traktorçi bölib işlagan. U 1939 yilda uruşga jönab ketgan.

Mamadali Topvoldiyev jurnalistlar davrasida.

Kazbek frontda köplab mardlik namunalarini körsatgan. E'tiborli jihati, 1940 yilda öta muhim işlar topşiriğini bajarayotgan nemis josusini tiriklayin qölga olgan. Mazkur qahramonligi uçun Kazbek yuksak orden bilan mukofotlangan.

Kazbek 1941 yil 22 iyundagi janglardan birida yarador böladi. Uni Belorussiyaning Pisarevo qişloğida yaşovçi Anna Rilkova öz uyida davolaydi. Ular ona-bola tutinadilar. Faşistlar Kazbekni saqlaganini payqab qolib, Anna Rilkovaning uyini portlatib yuboradi. Keyinçalik Kazbek tutingan onasiga yangi uy solib beradi.

Kazbek tutingan onasi Anna Rilkova bilan

Kazbek yana safga qaytib, nemislar qölida tutqunlikda turgan asirlarni qutqaradi. U 4ta eşelonni portlatib 76 nafar faşist askari, nemis generalini asirga oladi.

Öz askarlari uçun asosiy xavf ekanini anglab yetgan Adolf Hitler Kazbekning boşi uçun 50 ming marka mukofot va'da qiladi.

Kazbek har bir amalga oşirgan operatsiyasidan söng daraxt yoki devorga «Kazbek» deb xanjarda öyib öz ismini yozib çiqqan. Bu duşmanga doim qörquv solib kelgan.

1944 yil 15 avgust kuni unga sovet ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.

Uruşdan keyin Kazbek özi tuğilib ösgan Pandigon qişloğiga qaytadi. Oradan bir muddat ötib Donoxon ismli qizga uylanadi. Birin-ketin farzandlari — Muborakxon, Ahmadali, Homidjon, Mavludaxon, Hasanboy va Farhodjon tuğiladi.

Kazbek hamqişloqlari orasida