Xabarlarga köra, uşbu kasallik koronavirusga çalinganlar yoki undan tuzalganlar orasida köp uçramoqda. Kasallik tuproq, ösimlik, göng va çiriyotgan meva-sabzavotlarda uçrovçi moğor ta'sirida kelib çiqadi. Immunitetning pasayişi mukoromikoz holatlariga olib kelişi mumkin.
Mumbaylik şifokor Akşay Nairning aytişiça, mukoromikoz bilan kasallanişlar sonining ösişi koronavirusning oğir şakllarini davolaşda qöllanuvçi steroidlar qabul qilinişi bilan boğlangan bölişi mumkin. Steroidlar koronavirus keltirib çiqaradigan öpka yalliğlanişi darajasini kamaytiradi, biroq immunitetni pasaytiradi va qondagi şakar miqdorini oşiradi. Mukoromikoz bilan koronavirusdan soğaygandan taxminan 12-15 kun ötib kasallaniş qayd qilinmoqda.
“Qand kasalligi immun tizimini zaiflaştiradi, koronavirus esa buni yanada çuqurlaştiradi. Söngra koronavirusga qarşi kuraşda qöllanuvçi steroidlar olovga yonilği sepgandek ta'sir körsatadi”, deb ta'kidlab ötgan mutaxassis.
Mukoromikoz kam uçrovçi kasallik bölib, u bilan kasallanganlarda burun bitişi va burundan qon ketiş; köz şişişi va unda oğriq; qovoqlar osilişi; körişdagi muammolar va köriş qobiliyatini yöqotiş kabi simptomlar kuzatiladi. Burun atrofida qora doğlar paydo bölişi mumkin.
Nairning ma'lum qilişiça, u aprel oyida uşbu kasallikdan aziyat çekayotgan 40ga yaqin bemorni qabul qilgan. Ulardan aksariyati koronavirusdan soğaygan diabetiklar bölgan. Ulardan 11 nafarining közini jarrohlik yöli bilan olib taşlaşga töğri kelgan.
Mutaxassisning ta'kidlaşiça, köpçilik bemorlar közlari ojizlaşib qolgandagina murojaat qiladilar va şundan keyin infeksiya miyaga ötib ketmasligi uçun ularning közlarini olib taşlaşga töğri kelmoqda.
Ba'zi holatlarda bemorlarning ikkala közi ham olib taşlanmoqda. Şuningdek, şifokorlar kasallik organizmga tarqalib ketmasligi uçun jağ suyagining bir qismini olib taşlaşiga ham töğri kelmoqda.
Ta'kidlanişiça, uşbu kasallik qand kasalligi, OIV/OITS va saratondan aziyat çekuvçilar uçun öta xavfli hisoblanadi. Mukoromikozdan ölim darajasi 50 foizgaça yetişi mumkin.













