Prezident joriy haftada Ramazon hayitini nişonlaş töğrisidagi qaror qabul qiladi hamda hududlar va tarmoqlar iqtisodi böyiça videoselektor ötkazadi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Şerzod Asadov OAV uçun ötkazilgan an'anaviy brifingda davlat rahbarining joriy haftadagi rejalari haqida ma'lumot berdi.
“10 may kuni davlat xizmatlari körsatiş sohasidagi islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot ötkaziladi. Şuningdek, hafta davomida soğliqni saqlaş sohasida raqamlaştiriş jarayonlari hamda davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşirilayotgan loyihalar taqdimoti, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy ösiş sur'atlarini ta'minlaş masalalari böyiça videoselektor ötkazilişi möljallangan.
Muborak Ramazon oyi tugaşiga ham oz vaqt qoldi. Şu kunlarda hurmatli Prezidentimizga Ramazon hayitini nişonlaş töğrisidagi qaror loyihasi böyiça axborot beriladi. Qabul qilinadigan qaror ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi”, – dedi Şerzod Asadov öz nutqida.













