9 may kuni butun mamlakat böylab Xotira va qadrlaş kuni bayram qilindi. Sirdaryo viloyatida ötkazilgan tadbirlarda qiziq voqea sodir böldi va holat kameralarga tuşib qoldi.
Gap şundaki, Sirdaryo viloyati hokimi Ğofurjon Mirzayevning ortida turgan harbiylar davlat madhiyasi yangray boşlaşi bilan qanday jyest körsatişni bilmay şoşib qolişdi. Ular avvaliga qöllarini boş kiyimlariga qöndirib harbiy çest berib turişdi, keyin esa qöllarini kökraklariga qöyib turişdi. Bu tuşunmovçilik tört harbiy iştirokida bir neça marta takrorlandi va bu vaqt davomida kamera kulgili holatni yozişda davom etdi.
Kun.uz manbasiga köra, videoda köringan harbiylar Sirdaryo viloyati harbiy blok rahbarlari, ya'ni DXX, prokuratura, IIB va bojxona xizmatlarining hududiy rahbarlari.
Holat tasvirlangan video internetda şunçalik maşhur böldiki, u haqda allaqaçon memlar, hazillar paydo böldi. Şu örinda keng muhokamalarga sabab bölgan bu holatda harbiylar özini qanday tutişi kerakligiga qonuniy nazar taşlasak. Bu borada ikkita normativ hujjat harbiylarning harakatlarini tartibga soladi.
1996 yil 9 oktyabrdagi prezident farmoni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlarining içki xizmat nizomida bu borada şunday yozilgan: «Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda safda turgan askarlar komanda berilmasdan qad rostlagan holatga ötadilar. Vzvod komandiri va undan yuqorida bölganlar, bundan taşqari, qöllarini boş kiyimlariga qadaydilar. Safdan taşqarida bölgan harbiy xizmatçi madhiya ijro etilayotgan vaqtda safona qadrost holatiga kiradi, agar boş kiyimi bölsa, qölini unga qadaydi».
Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi töğrisidagi qonunda ham bu holatni tartibga soluvçi modda bor. Qonunning 7-moddasida şunday yozilgan: «Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi köpçilik huzurida ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida boşqaça qoida belgilanmagan bölsa, hozir bölgan kişilar madhiyani tik turib va öng qöl kaftini kökrakning çap tomoniga qöyib, harbiy yoki davlatning boşqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi şaxslar esa qölini boş kiyimiga qöyib tinglaydi»











