Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, 10 may kuni hokim Zoir Aliqulov aholi uçun qabul ötkazib, murojaatlarini tinglagan.
Hokim qabuliga kelgan fuqarolar işsizlik, nafaqa oliş, yer oliş va boşqa masalalarda murojaat qilgan.
Xabarda yozilişiça, qabulda Şuhrat Safarov boşçiligidagi oila ham moddiy yordam sörab murojaat qilgan. Avvalroq «Saxovat va kömak» jamğarmasidan 5 million söm moddiy yordam puli berilgani, ammo bu oilaning işga layoqatli 5 nafar a'zosi uçun «heç nima» bölmasligini, «svet» pulini ham tölamaganini, qoronğida ötirganini aytgan oila boşliği Şuhrat Safarov bunda hokimni ayblab, uni haqorat qilgani aytilmoqda.
Axborot xizmatining ma'lum qilişiça, oilaga moddiy yordam berilganidan taşqari, Şuhrat Safarovga tumanda qurilayotgan suv ombori qurilişidan, qizi Şohsanam Safarovaga Dehqonobod kaliy zavodidan kasanaçilik böyiça işlar taklif qilingan. Biroq oila boşi ham, oilaning qizi ham taklif qilingan işlarni rad etgan.
«Murojaatçiga javoban hokim oilaga yana qanday yordam berişi mumkinligini söradi. Şuhrat Safarov boşçiligidagi oila esa hokimni tilga olib bölmas sözlar bilan haqorat qilib, qabuldan çiqib ketdi», - deydi hokimlik axborot xizmati rahbari Otabek Qöldoşev.











