Korporativ ijtimoiy mas'uliyatni bajariş va qişloq xöjaligi hamda suv xöjaligi tizimlarini boşqariş sohasida innovatsion raqamli texnologiyalarni joriy etiş, şuningdek, Özbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş samaradorligini oşiriş maqsadida Huawei kompaniyasi va Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti (TIQXMMI) özaro anglaşuv memorandumini imzoladilar. Memorandum doirasida Huawei kompaniyasi va TIQXMMI 5G texnologiyalari, jihozlar interneti, aqlli uzatkiçlar va katta xajmdagi ma'lumotlarni intellektual platforma asosida boşqariş, monitoring qiliş va qayta işlaş tizimlaridan foydalangan holda aqlli qişloq xöjaligi loyihasini işga tuşirmoqda.

“Aqlli qişloq xöjaligi” loyihasini tatbiq qiliş tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş darajasini oşiriş, hosilning holatini nazorat qiliş va boşqarişni soddalaştiriş, ob-havo haroratini, tuproqning namligini, suğoriş tizimlarining holatini tahlil qiliş hisobiga taşqi muhitning hosilga ta'sir qiliş ehtimoli darajalari haqida ogohlantiriş, şuningdek real vaqt tartibida «aqlli» maydondan video-ma'lumot oliş imkonini beradi. Loyiha TIQXMMI mutaxassislari va professorlari tarkibi tomonidan Huawei kompaniyasining ekspert va texnik kömagi bilan hamda Suv va Qişloq xöjaligi vazirliklari kömagi bilan, “Özbektelekom” AK “ÖzMobayl” filiali mobil operatori tarmoqlarida işlab çiqiladi va amalga oşiriladi.

Tadbirda TIQXMMI rektori Öktam Umurzoqov bu kabi loyihalar kata özgarişlar uçun kiçik bir deboça ekanini ta'kidlab ötdi. Özbekistonda qişloq va suv xöjaligini raqamlaştiriş uşbu sohada amalga oşirilayotgan islohotlarning muhim yönalişlaridan biri ekanligiga urğu berildi. “Mazkur yondaşuv boşqa qişloq va suv xöjaligi korxonalarida katta maqsadlarga erişiş uçun raqamli texnologiyalarni joriy etişga yaqqol namuna bölib xizmat qilişi mumkin. Şuningdek yoş avlod tarbiyasida, yuqori malakali muhandis va mutaxassislarni yetkazib berişda institutimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning bir körinişidir. Öylaymanki Huawei kompaniyasining innovatsion yondaşuvi Özbekistonda işlayotgan boşqa kompaniyalarga örnak böla oladi”, – deya fikr bildirdi janob Umurzoqov.

“Bizning Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti bilan hamkorligimiz köp yillik tarixga ega va şu yillar davomida biz köp jihatdan özaro bir-birimizni qöllab-quvvatlab kelmoqdamiz. Joriy yilning boşidan biz hamkorlikda institut Ma'lumotlar markazini işga tuşirdik, şuningdek öqituvçilar uçun amaliy maşğulotlarni ötkazdik va ularning raqamli könikmalarini oşirdik. Memorandumni imzolaş marosimi bizning hamkorligimizni yangi bosqiçga olib çiqadi va bizga beşinçi avlod tarmoqlari va innovatsion texnologiyalardan foydalaniş hisobiga qişloq va suv xöjaligi sektori uçun oçiladigan istiqbollarni namoyiş etiş imkonini beradi. Uşbu loyihaning asosiy maqsadi – Özbekistondagi dehqonlarning köp mehnat talab qiladigan işlarini soddalaştiriş va şu bilan birga ularning samaradorligini oşiriş, hamda atrof-muhitga ğamxörlik qiliş, mamlakatning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalaniş darajasini oşiriş”, – deya ta'kidladi Özbekistondagi Huawei kompaniyasining direktori Lyu Tszyasin.