Joriy yilning 10 may kuni soat 21:46larda Ohangaron tumani “Oybuloq” MFYdan ötuvçi A-373 “Toşkent-Öş”, “Olmaliq-Toşkent” avtomobil yöli kesişmasida yöl-transport hodisasi yuz berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, “MAN TGS” rusumli yuk maşinasi, “Lacetti” rusumli yengil avtomobil va “Kamaz” rusumli yuk maşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
YTH natijasida yonğin kelib çiqib, “Lacetti” va “Kamaz” haydovçilari yengil tan jarohati olgan va ularning boşqaruvidagi avtoulovlar töliq yonğindan zararlangan.

Hodisa joyiga FVBning 4ta yonğin-qutqaruv guruhlari soat 21:56da yetib borgan. Yonğin soat 21:58da qurşab olinib, soat 22:08da töliq bartaraf etilgan.












