Toşkent şahar Mirobod tumani Moştabib köçasi 31-uy manzilida VIII—IX asrlarga taalluqli Mingörik şahristoni yodgorligi yonida Toşkent şahar IIBBning Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosi qurilişi boşlangani haqida Kun.uz saytida xabar berilgan edi.
Unda Toşkent şahar IIBB qonunçilik talabini bajarmay, komissiyaning tegişli xulosasini olmasdan quriliş işlarini boşlab yuborgani, biroq Toşkent şahar IIBB quriliş işlari boşlanganini rad qilgani haqida söz yuritilgandi.
Tanqidiy maqola e'lon qilinganidan söng holat Oliy Majlis Senatining Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi tomonidan nazoratga olingani ma'lum qilindi.
11 may kuni Kun.uz muxbiri Toşkent şahar Madaniy meros boşqarmasi boşliği bilan boğlanib, qurilişning taqdiri nima bölgani bilan qiziqdi. Boşqarma boşliği Esonbek Abdurasulovning ma'lum qilişiça, quriliş işlari töxtatilgan. Hozirda qurilişni köçiriş böyiça Toşkent şahar IIBB taklif kiritgan.
«Tanqidiy maqola e'lon qilinganidan söng Toşkent şahar IIBB murojaat qilib, quriliş loyihalarini Ilmiy ekspert kengaşga taqdim qildi. Ilmiy kengaş quriliş loyihasini körib çiqib, uni rad etdi. Quriliş işlari töxtatilgan.
Ayni vaqtda Toşkent şahar IIBB qurilişni boşqa joyga köçiriş böyiça taklif kiritgan. Hozirda boşqarmaning taklifi körib çiqilmoqda», dedi Esonbek Abdurasulov.












