Joriy yilning dastlabki 4 oyi davomida Özbekistonga import qilingan benzinning 90 foizdan ortiği Rossiya va Turkmanistondan olib kirilgan.

2021 yilning yanvar–aprel oylarida Özbekistonga qiymati 66,4 mln dollarga teng bölgan 207,5 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Bu haqda Statqöm xabar bermoqda.

Ötgan 4 oy davomida Özbekiston benzin import qilgan asosiy davlatlar:

  • Rossiya – 39 mln,
  • Turkmaniston – 22,5 mln, 
  • Qozoğiston – 4,6 mln AQŞ dollari.

Xorijdan avtomobil benzini import qilgan hududlar:

  • Toşkent şahri – 46,7 mln,
  • Farğona viloyati – 8,7 mln,
  • Buxoro viloyati – 4,7 mln,
  • Samarqand viloyati – 2,2 mln,
  • Sirdaryo viloyati – 1,8 mln,
  • Namangan viloyati – 1,3 mln,
  • Toşkent viloyati – 424 ming,
  • Xorazm viloyati – 293,6 ming,
  • Qoraqalpoğiston R. – 133,9 ming,
  • Qaşqadaryo viloyati – 69 ming AQŞ dollari.

Şuningdek, 2021 yilning yanvar–mart oylarida Özbekistonda 291,3 ming tonna avtomobil benzini işlab çiqarilgan. Bu körsatkiç 2020 yilning yanvar–dekabr oylarida 1 million tonnani taşkil etgan.

Avvalroq, birja savdolarida benzin narxi oşgani ma'lum qilingandi.