Özbekiston elçixonasi kömagida mutasaddi vazirlik va idoralar hamda Saudiya Arabistonining «Flynas» aviakompaniyasi, «Seera» turistik agentligi vakillari örtasida videokonferensiya şaklida muloqot taşkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Videokonferensiyada Saudiya Arabistoni podşohligi delegatsiyasining joriy yil yanvar oyida mamlakatga taşrifi doirasida Buxoro şahrida ötkazilgan biznes-forumda «Uzbekistan Airways» AJ va Saudiyaning «Flynas» aviakompaniyasi örtasida turizmni rivojlantiriş töğrisida imzolangan anglaşuv memorandumida belgilangan vazifalar natijalari xususida fikr almaşildi. Şuningdek, Saudiya Arabistonida Özbekiston turizm salohiyatini keng tarğib etiş orqali saudiyaliklarning mamlakatga sayohatlarini uyuştiriş istiqbollari muhokama qilindi.
 
«Flynas» aviakompaniyasi vakillari joriy yil 12 iyundan boşlab «Ar-Riyoz–Toşkent–Ar-Riyoz» yönalişi böyiça haftasiga uç marta muntazam aviaqatnovlar amalga oşirişni rejalaştirganini ma'lum qildi.

2020 yilda boşlangan koronavirus pandemiyasi tufayli podşohlik öz fuqarolarini xorijga çiqişi böyiça vaqtinça çeklovlar örnatgan edi. Ayni paytda Saudiya Arabistoni hukumati öz fuqarolariga koronavirus bilan boğliq vaziyat yaxşilangan davlatlarga joriy yil 17 maydan boşlab safar qilişga ruxsat berdi.

«Seera» sayyohlik kompaniyasi saudiyaliklarni Özbekistonga safar qilişi uçun turli tur-paketlar taklif qilmoqda. Kompaniya vakillari uşbu yönalişda Özbekiston turistik agentliklari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini örnatişdan manfaatdorligini ta'kidladi.

Videokonferensiya yakunlari böyiça tomonlar «Flynas» parvozlari muntazamligini hisobga olib, sayyohlar oqimini köpaytiriş, Özbekiston yirik turistik kompaniya va agentliklari vakillarini Saudiya Arabistoniga yuboriş, mamlakat turizm salohiyatiga bağişlangan taqdimotlar ötkaziş kabi qator masalalar böyiça kelişuvga erişdi.