Suhbat davomida zamonaviy biznesda marketingning ahamiyati haqida ham söz bordi.
«Özbekistonda şu paytgaça marketing rivojlanmagani sababi – bozor raqobat bilan töymagandi. Marketing qilasizmi-qilmaysizmi, biznes yurişi uçun buning ahamiyati hozirgidek emasdi. Hozir esa raqobatçilar ançagina köpaygan.
Oddiy misol, beş yil oldin Özbekistonda röyxatdan ötgan tadbirkorlar soni 220 mingta edi, hozir 400 mingtaga çiqdi – salkam 2 barobarga köpaydi. Bu degani, bozor ikki barobar qisilgan. Endi marketing qilmasa bölmaydi.
Marketingda beşta «P» borligi aytiladi: place, price, product, promotion, personnel (joy, narx, mahsulot, promouşn, xodimlar). Oldinlari eng muhim rolni place – joy egallardi. Borib-borib zamon özgarib, joy ham, hatto narx ham öz ahamiyatini yöqotyapti, ular örniga ikkita narsa muhimlaşdi: mahsulot va promouşn. Promouşn hatto birinçi öringa çiqib qoldi.
Çunki bozordagi mahsulotlar deyarli öxşaş. Kimning mediasi, SMM xizmati yaxşi işlayotgan bölsa, uloqni öşalar ilib ketyapti.
Endi xalqaro darajada marketing bilan şuğullanişga ötişimiz kerak. Qiymat eksport qilganda hosil böladi. Biz xalqaro marketingga e'tibor qaratişimiz, dunyo miqyosidagi brendlarni şakllantirişimiz kerak. Qaysi tadbirkorni körsak, şu haqda gapiryapmiz.
Iste'molçi qayerda, qanaqa fikrlayapti, sizning mahsulotingizgaça qanday yetib keladi, sotuvgaça bölgan biznes jarayonlarni yozib çiqqanimizda, marketingning örni beqiyos ekani körinyapti. Beşta «P» orasida «personnel» (xodimlar) özi aslida menejmentga taalluqli, lekin uni marketingning tarkibiga kiritib qöyişdi. Çunki siz xarajat qilib, SMM qilasiz, koll-markaz qilasiz, ular bir amallab mijozni olib kelsa-yu, sotuvçingiz muomalasi töğri bölmasa, tabassumi bölmasa, şunça qilingan iş havoga sovurilgan böladi.
Bill Geytsning bir gapi bor edi: «Agar biznesingiz internetda bölmasa, demak siz biznesdan taşqaridasiz». Marketing bilan qiziqmasangiz, iste'molçilar ham siz bilan qiziqmaydi, yaqinda yopilişga turavering», – deydi Muhammad Ali Eşonqulov.










