AstraZeneca britan-şved kompaniyasining koronavirusga qarşi vaksinasi Norvegiyada aholini emlaşda qöllanmaydigan böldi. Bu haqda Norvegiya boş vaziri Erna Sulberg ma'lum qildi.
«AstraZeneca vaksinasi emlaş dasturidan töliq çiqarildi», deb ma'lum qilgan boş vazir matbuot anjumanida.
Sulberg Johnson & Johnson kompaniyasining Janssen vaksinasini qöllaş böyiça alohida qaror qabul qilinişini qöşimça qilgan. Uning ta'kidlaşiça, hukumat «koronavirus avj olişi holatiga köproq vaksina kerak bölib qolişi ehtimoli sabab Janssen’ni hozirça omborlarda qoldirmoqçi».
Boş vazirning ta'kidlaşiça, Yevropa Ittifoqida 11 martda qöllaş uçun ma'qullangan Janssen vaksinasi Norvegiyada hali qöllanmagan, çunki uşbu vaksinaning tromb hosil qilişi mumkinligi yanada köproq örganilişi lozim.
Sulbergning aytişiça, mamlakatda 18 yoşdan 24 yoşgaça bölganlarga emlaş avval taxmin qilingandan ertaroq taklif qilinadi. Ular 40 yoşdan 44 yoşgaça bölgan fuqarolar bilan birga emlanişlari mumkin böladi. Bu qaror yoşlar infeksiyaning tarqalişiga köproq sababçi bölayotgani bilan boğlangan. Boş vazirning ma'lum qilişiça, mamlakatda yoşlar örtasida eng köp kasallanganlar qayd qilingan.
25 yoşdan 39 yoşgaça kişilar esa oxirgi navbatda emlanadi. Hukumat rejasiga köra, 18 yoşdan katta barça fuqarolarga vaksinaning birinçi dozasi iyul oxiri — avgust boşida taklif qilinadi.
Sulberg hozirda mamlakatda 1,5 mln kişi vaksinaning birinçi dozasini olgani, 500 ming kişi esa töliq emlanganini ma'lum qilgan.
10 may kuni Norvegiya hukumatidagi ekspertlar guruhi AstraZeneca va Johnson&Johnson vaksinalarini emlaş dasturidan çiqarib yuborişni tavsiya qilgan. Şu bilan birga, ular xohlovçilarga bu vaksinalar bilan emlaniş imkoniyatini saqlab qolişni taklif qilişgan.
Norvegiyadan taşqari Şvetsiya, Slovakiya va Fransiya ham AstraZeneca’ni qöllaşdan voz keçdi. Bunga uşbu vaksina bilan emlanganlarda tromblar hosil bölişi mumkinligi sabab bölgan. 7 may kuni Fransiyada uşbu vaksina bilan emlangan ikki kişida kam uçrovçi miya trombozi qayd qilingan. Buning oqibatida ulardan biri — 60 yoşli ayol vafot etgan.













