Joriy yil 15 aprel kuni davlat rahbariga qiymati 238,2 mlrd söm bölgan Samarqand xalqaro aeroportining rekonstruksiyasi jarayonlari taqdimoti ötkazildi. Ta'kidlanişiça, ayni damga qadar loyihaga ajratilgan mablağ miqdori 200 mlrd sömni taşkil etmoqda.
Joriy yil sentyabrda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan yangi aeroport «oçiq osmon» rejimida işlaydi va 1000 kişi iş bilan ta'minlanadi.

«Özbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga möljallangan investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarorining 2-ilovasi bölgan «2021 yilda yirik işlab çiqariş obektlari va quvvatlarini işga tuşiriş böyiça Manzilli dastur»da esa Samarqand xalqaro aeroporti rekonstruksiyasi uçun davlat budjetidan 62 million AQŞ dollari sarflanişi körsatilgan.
Rekonstruksiyadan söng şunça davlat budjeti hisobiga bunyod etilgan Samarqand xalqaro aeroporti va aerodrom kompleksining (aeronavigatsiyadan taşqari) modernizatsiyasi hamda boşqaruvi huquqi töğridan töğri Air Marakanda MÇJga davlat-xususiy şerikçilik şartlari asosida 20 yil muddatga topşirilişi kutilmoqda.
Gazeta.uz’ning yozişiça, Air Marakanda kompaniyasi Samarqand xalqaro aeroporti infratuzilmasini rivojlantirişga 80 mln dollar investitsiya kiritadi hamda uni Germaniyaning Myunxen xalqaro aeroporti, Turkiyaning Istanbul xalqaro aeroporti mutaxassislari bilan hamkorlikda yirik transport va sayyohlik markaziga aylantiriş rejalaştirilgan.
Oçiq ma'lumotlarga köra, Air Marakanda MÇJ bor-yöği bundan bir yil avval - 2020 yil 9 aprelda taşkil qilingan. Havo transporti sohasidagi xizmatlarni körsatişga ixtisoslaşgan kompaniyaning ustav fondi miqdori 400 million söm etib körsatilgan.

Ta'sisçisi esa, biznesmenlar orasida soliqlardan qoçiş uçun tanlanadigan ofşor hudud deya e'tirof etiladigan Kipr davlatida (Αγίου Αθανασίου, 46, INTERLINK HERMES PLAZA, Floor 4, Flat 400Α)



















